Myunxen xavfsizlik konferensiyasi (MSC) raisining örinbosari Benedikt Franke Yevropa davlatlarini Rossiya boşlab bergan Ukrainaga qarşi uruşda bu mamlakatning mağlub bölişiga yöl qöymaslikka çaqirdi.
«Bu (mağlubiyat) bizning global öyinçi sifatidagi nufuzimizni zaiflaştiradi, şuning uçun biz Ukraina bu uruşda yutqazişiga yöl qöymasligimiz kerak», — dedi Franke duşanba kuni, 24 noyabrda, Yoxannesburgda ötgan G20 sammitida DW'ga bergan intervyusida.
Yevropa har doim «hududiy suverenitet va hamfikr mamlakatlarni qöllab-quvvatlaş kabi prinsiplarni himoya qilib kelgan» bir paytda, öz va’dalarini bajarmay qolsa, «armiyalarimiz bilan joylarda qilayotgan barça işlarimiz, harbiy çaqiriq, xarajatlarimiz ma’nosiz bölib qoladi», deya ta’kidladi DW suhbatdoşi.
Yevropa, agar AQŞ Kiyevga yordamdan voz keçsa, Ukrainaga uşbu uruşda ğalaba qozonişi uçun zarur qöllab-quvvatlaşni körsata oladimi, degan savolga Franke ijobiy javob berdi. «Bizda moliyaviy imkoniyatlar bor va, öylaşimça, aholi orasida ham zarur darajada siyosiy iroda mavjud», — dedi Benedikt Franke.
Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini töxtatiş böyiça muzokaralarni şarhlar ekan, MSC raisining örinbosari «hammasi boşqaçaroq keçganini, yevropaliklarni harakat qilişga va birlaşişga majbur etiş uçun har doim ham AQŞdan şunday kutilmagan taşabbuslar talab qilinmasligini» istaşini aytdi. Şu bilan birga, u Jyenevada AQŞ, Ukraina va YeI vakillari örtasida AQŞning «tinçlik rejasi»ni qayta işlaş böyiça ötkazilgan uçraşuv tinçlik muzokaralariga «yangi turtki berganini» tan oldi.
«Biz pozitsiyalarning mustahkamlanayotganini köryapmiz. Hozirda Yevropaning birdamligini köryapmiz. Demak, bu yaxşi», — deya qayd etdi Franke.












