Davlat rahbari Samarqand viloyatiga amaliy taşrifi çoğida Oqdaryo tumani Dahbed şaharçasida joylaşgan Mahdumi A’zam majmuasida böldi. Prezident şu yil mart oyidagi taşrifi davomida Mahdumi A’zam qadamjosini obod qilişga oid loyiha bilan tanişgan edi.

Mahdumi A’zam – naqşbandiya ta’limotining yirik rahnamolaridan bölib, tariqat ilmiga doir 30 dan ortiq asar yozgan, köplab şogirdlar tarbiyalagan zot sifatida e’tirof etilgan. Samarqand hukmdori Yalangtöş Bahodir uning qabri ustida daxma qurdirib, masjid va madrasa barpo etgan.

Hozirgi kunda ziyoratgohda keng kölamli rekonstruksiya işlari amalga oşirilmoqda. Majmua umumiy maydoni qariyb 5 gektarni taşkil etadi. Ziyoratçilar uçun şaroitlarni yaxşilaş maqsadida maqbara yonida uç qavatli zamonaviy avtoturargoh, kiriş darvozasi, kuşxona va ma’muriy binolar, tahoratxona, ming kişilik masjid va qöşimça ayvonlar qurilmoqda.

Ta’mirlaş işlaridan söng ziyoratgoh bir vaqtning özida 35 minggaça ziyoratçini qabul qiliş imkoniyatiga ega böladi (avval bu körsatkiç 5 ming nafar atrofida edi). Şuningdek, hududda 40 dan ortiq savdo va servis obektlari taşkil etiş, kökalamzorlaştiriş va obodonlaştiriş işlarini davom ettiriş rejalaştirilgan.

Allomaning ruhiga Qur’on tilovat qilindi, prezident ziyoratgohda daraxt ekdi. Ziyoratgohni yanada obodonlaştiriş, boğni kökalamzor maskanga aylantiriş va mehmonlar uçun qulayliklarni kengaytiriş yuzasidan mas’ullarga topşiriqlar berildi.