Reuters agentligi 24 noyabr, duşanba kuni öz hisob-kitoblariga tayanib xabar berişiça, neft narxining arzonlaşişi va milliy valuta mustahkamlanişi fonida, noyabr yakunlariga köra, Rossiyaning neft va gaz sotişdan tuşadigan daromadlari yillik hisobda taxminan 35 foizga kamayib, 520 mlrd rublni taşkil qilişi mumkin.
Oktyabr oyi bilan taqqoslaganda, noyabr oyidagi daromad, foyda soliği tölovlarini hisobga olmagan holda, 7,4 foizga pasayişi kutilmoqda. Yanvardan noyabrgaça bölgan davr mobaynida Rossiya budjeti neft-gaz daromadlaridan 8 trln rubl olişi prognoz qilinmoqda — bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 22 foizga kam.
Neft-gaz daromadlarining pasayişining asosiy sabablari sifatida agentlik neft narxining tuşişi va rublning mustahkamlanişini qayd etadi. Reuters hisoblaşiça, yanvardan noyabrgaça soliqlar hisob-kitobi uçun olinadigan Rossiya neftining narxi bir barrel uçun 57,3 dollargaça tuşgan, 2024 yilda esa bu körsatkiç 68,3 dollarni taşkil etgan. Şu davr mobaynida rubl kursi bir dollar uçun 91,7 rubldan 81,1 rublgaça mustahkamlangan.
Rossiya neftiga bölgan talab va uning narxi AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan «Rosneft» va «Lukoyl» kabi neft kompaniyalariga nisbatan joriy yil oktyabr oyi oxirida qöşimça sanksiyalar joriy etilganidan söng sezilarli darajada pasaya boşladi.
Neft-gaz daromadlari Kreml uçun moliya manbalarida eng muhim yönalişlardan biri bölib, federal budjet tuşumlarining çorak qismini ta’minlaydi, deya ta’kidlaydi Reuters. Ularning qisqarişi bir neça oydan beri qayd etilmoqda.
Oktyabr oyi yakunlariga köra, daromadlar 2024 yilning şu davriga nisbatan 26,6 foizga kamaygan, sentabr yakunlariga köra esa — 32 foizga. 2025 yil uçun Moliya vazirligi neft va gaz sotişdan 10,94 trln rubl daromad olişni rejalaştirgan edi, biroq neft narxlarining pasayişi fonida oktyabr oyida bu prognoz 8,65 trln rublgaça qayta körib çiqildi.












