AQŞ prezidenti Donald Tramp duşanba kuni, 24 noyabrda özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping bilan telefon orqali suhbatlaşganini va ular «Ukraina va Rossiyani ham öz içiga olgan holda köplab mavzularni muhokama qilganini» yozdi. Tramp suhbatni «juda yaxşi» deb atadi. Ukrainadagi uruşning aynan qaysi jihatlari muhokama qilinganiga Oq uy rahbari aniqlik kiritmagan.

Suhbatda tilga olingan boşqa mavzular qatorida AQŞ prezidenti fentanil giyohvandlik moddasiga qarşi kuraş va qişloq xöjaligi mahsulotlari savdosini ham sanab ötdi. «Bizda Xitoy bilan munosabatlar juda ham mustahkam», — deya ta’kidladi u.

Respublikaçining sözlariga köra, Si uni aprel oyida Pekinga taklif qilgan. Javoban Tramp Xitoy rahbarini 2026 yil mayidan dekabrigaça bölgan davrda AQŞga taşrif buyurişga çorlagan.

Xitoyning «Sinxua» davlat axborot agentligi suhbat bölib ötganini tasdiqlab, xabar berişiça, Si Jinping Trampga Pekinning Tayvan böyiça pozitsiyasini yetkazgan.

«Ikki rahbar şuningdek Ukrainadagi inqirozni muhokama qildi. Si Jinping Xitoy tinçlikka xizmat qiladigan barça sa’y-harakatlarni qöllab-quvvatlaşini ta’kidladi va tomonlar mumkin qadar tezroq yaqinlaşib, adolatli, mustahkam va majburiy tinçlik kelişuviga erişişiga umid bildirdi, şu orqali inqirozni ildizi bilan hal qiliş zarurligini qayd etdi», — deyiladi «Sinxua» xabarida.