Ukraina hukumati Rossiyaning qariyb tört yillik hujumini töxtatiş uçun AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati taklif qilgan tinçlik kelişuviga rozi böldi. Bu haqda CBS News amerikalik amaldorning sözlariga tayanib yozdi.

U va Ukraina prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Rustem Umerov taklif böyiça umumiy kelişuvga erişilganini, biroq tafsilotlar hali işlab çiqilişi kerakligini aytdi.

«Ukrainaliklar tinçlik kelişuviga rozi böldi. Hal qilinişi kerak bölgan ba’zi kiçik tafsilotlar bor, ammo ular tinçlik kelişuviga rozi», dedi amerikalik amaldor.

Qayd etilişiça, bu xabar AQŞ armiyasi vaziri Den Driskoll Rossiya rasmiylari bilan uçraşiş uçun Abu-Dabiga borgan vaqtda paydo bölgan.

Ötgan dam oliş kunlari Driskoll, davlat kotibi Marko Rubio, Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff, prezidentning kuyovi Jared Kuşner, şuningdek, Ukraina va Yevropa ittifoqçilari diplomatlari Şveytsariyaning Jyeneva şahrida bölib ötgan muzokaralarda iştirok etdi. Natijada tomonlar tinçlik rejasini özgartirdi - 28 banddan faqat 19 tasi qoldi.

Driskollning Rossiya rasmiylari bilan uçraşuvi ham ötgan hafta Ukraina poytaxtiga taşrifidan keyin bölib ötdi.

Şanba kuni NATO a’zolari va AQŞ boşqa ittifoqçilaridan bir guruhi qöşma bayonot e’lon qildi, unda taklif qilingan tinçlik rejasi «qöşimça işlab çiqişni talab qiladigan asos» deb ataldi.

Oq uy yakşanba kuni keçqurun AQŞ va Ukraina rasmiylari Jyenevadagi muhokamalar natijasida «yangilangan va takomillaştirilgan tinçlik asosini işlab çiqqanini» aytdi. Rubio Jyenevadagi uçraşuvlardan birini «juda mazmunli» deb atadi, ammo «hali ba’zi işlar borligini va jamoalar hozir aynan şu bilan şuğullanişini» qöşimça qildi.