Yevropa Ittifoqi yetakçilari duşanba kuni, 24 noyabrda, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga barham beriş böyiça muzokaralarda qayd etilgan siljişni qöllab-quvvatladi, biroq şu bilan birga Jyenevada AQŞ tinçlik rejasini qayta işlaş uçun körilgan sa’y-harakatlarga qaramay, yeçimini topmagan masalalar hali ham borligini eslatib ötdi.
«Iş hali yakunlanmagan bölsa-da, hozirda olğa siljiş uçun mustahkam asos mavjud», — dedi Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen Angola poytaxti Luandada bölib ötgan YeI–Afrika Ittifoqi sammitida.
YeI yetakçilarining norasmiy uçraşuvi yakunlari böyiça jurnalistlar oldida sözlar ekan, Yevrokomissiya rahbari ittifoqçilarni «birdam qolişga va Ukraina manfaatlarini sa’y-harakatlar markazida saqlaşda davom etişga» çaqirdi.
«Gap butun qit’amizning xavfsizligi haqida ketmoqda — ham bugun, ham kelajakda. Bugungi Luandadagi uçraşuv yana bir bor Ukrainaga qöllab-quvvatlov böyiça birdam ekanimizni tasdiqladi», — dedi fon der Lyayyen.
U YeI kelgusida ham saqlab qoladigan «asosiy prinsiplar»ni sanab ötdi: «Ukrainaning hududiy butunligi va suvereniteti hurmat qilinişi şart, qurolli kuçlariga taalluqli qarorlarni faqat suveren davlat sifatida Ukraina özi qabul qilişi mumkin».
Yevrokomissiya rahbari sammitda yana bir bor bedarak yöqolgan va öğirlab ketilgan ukrain bolalari taqdiri masalasini kötarganini ham qöşimça qildi: «Ular uyiga qaytişi kerak».
Yevropa Kengaşi raisi Antoniu Koşta öz navbatida tinçlik muzokaralarida «yangi impuls» yuzaga kelganini qayd etdi. «Hali hal etiladigan ayrim masalalar bor, ammo yönaliş ijobiy», — dedi Koşta Jyenevadagi Ukraina va AQŞ vakillari uçraşuvini şarhlar ekan.
U, şuningdek, Yevropa Ittifoqiga bevosita taalluqli masalalar — sanksiyalar, YeI kengayişi yoki muzlatilgan Rossiya aktivlari kabi yönalişlar «YeIning töliq iştirokini va uning tomonidan qarorlar qabul qilinişi»ni talab etişini ta’kidladi.
«Biz bu jarayonni qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga tayyormiz, Yevropa Ittifoqi bilan yaqin hamkorlikda, şuningdek Ukraina, AQŞ va NATO bilan birga işlaşni istaymiz», — deya qöşimça qildi Yevropa Kengaşi rahbari.












