Hamburg sudi «Oxirgi avlod» deb nomlanuvçi radikal ekologik harakatning 10 nafar faolidan iborat guruhni 2023 yil iyul oyida Hamburg aeroportini bloklagani uçun Lufthansa aviakompaniyasi foydasiga 403 137 yevro miqdorida kompensatsiya tölaşga hukm qildi. Sud qarori haqida seşanba, 25 noyabr kuni Bild gazetasi xabar berdi.
Zarar summasi tarkibiga kompaniya mijozlariga tölangan tölovlar (207 ming yevrodan ortiq), yonilği xarajatlari, qöşimça keçikişlar, şuningdek qariyb 191 ming yevro miqdoridagi yöqotilgan foyda kiritilgan. Bundan taşqari, javobgarlar sud xarajatlarini ham qoplaşi şart. Agar ular kompensatsiyani tölamasa, ikki yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi va mulki musodara qilinişi mumkin. Lufthansa da’voda 740 ming yevro kompensatsiya talab qilgan edi.
Radikal ekofaollar guruhi 2023 yil 13 iyul kuni Hamburg aeroportini bloklagan. Ular aeroport hududiga kirib, uçiş-qöniş yölaklarini tösib qöygan va özlarini asfaltga yopiştirib olgan. Faollar havo bandargohining işini töliq töxtatib qöygan. Jami 57 ta reys bekor qilingan, 8500 nafar yölovçi jabr körgan.
Bild naşri qayd etişiça, bu Germaniyada ekofaollar bir neça yuz ming yevro tölaşga majbur qilinayotgan ilk sud qarori. Avvalgi holatlarda jazo kiçik jarimalar va qisqa muddatli ozodlikdan mahrum etiş bilan çeklanar edi.











