Agentlikka köra, jamoatçilik eşituvlari atom elektr qurilişi loyihasi, uning texnik körsatkiçlari, xavfsizlik tizimi, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati yuzasidan aholini xabardor qiliş, fikr va takliflarni örganişga qaratilgan.
Loyihaning asosiy texnik körsatkiçlari quyidagiça:
- umumiy quvvati — 2110 MVt;
- yillik elektr energiyasi işlab çiqariş — 16–17 mlrd kVt·soat;
- Özbekistonning energiya balansidagi uluşi — 12–15 foiz;
- ekspluatatsiya muddati — 60 yil.
Loyiha doirasida yaratiladigan yangi iş örinlari:
- quriliş davrida — 13 000 nafargaça;
- ekspluatatsiya davrida — 2 000 nafargaça.
Özbekistonda AES qurilişi loyihasining boş pudratçisi sifatida «Atomstroyeksport» AJ belgilangan. U atom elektr stansiyalarini quriş böyiça dunyoda eng katta eksport şartnomalari portfeliga ega «Rosatom» davlat korporatsiyasining muhandislik divizioni hisoblanadi.
Loyiha xavfsizlik nuqtai nazaridan atom energetikasi sohasida eng ilğor texnologiyalardan biri hisoblangan VVER-1000 hamda RITM-200N reaktorlari asosida AES qurişni nazarda tutadi.
Jamoatçilik eşituvlari doirasida aholi, ekspertlar, fuqarolik jamiyati vakillari va manfaatdor tomonlar iştirok etişi mumkin.












