«Navoiy» çegara bojxona postida bir kunda «sa’va» quşlarini noqonuniy olib kirişga bölgan 2 ta uriniş aniqlangan.
Natijada, barçasi bölib 410 ta şu turdagi quş hozirda mutaxassislar nazorati ostida vaqtinça saqlovga olingan. Holat yuzasidan bojxona tekşiruvlari davom ettirilmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, quşlar tez orada tabiat qöyniga qöyib yuboriladi.
24 noyabrdan Samarqandda dunyoning 185 davlatidan kelgan vakillar iştirokida yovvoyi fauna va flora turlarining yöqolib ketiş xavfi ostida turgan turlari xalqaro savdosini tartibga soluvçi CITES konvensiyasi Tomonlar konferensiyasining 20-yiğilişi bölib ötmoqda.












