Qozoğistonda migrantlarni röyxatga olişning yangi qoidalari tasdiqlandi. Hujjat mamlakat içki işlar vaziri tomonidan 2025 yil 17 noyabrda imzolangan va 2026 yil 1 iyuldan kuçga kiradi. Bundan közlangan asosiy maqsad migratsiya politsiyasining axborot tizimi (IS MP) orqali röyxatga oliş jarayonini töliq elektron şaklga ötkazişdir.
Yangi talablar Qozoğistonda 90 kungaça vizasiz qolişi mumkin bölgan barça xorijliklarga, şu jumladan Özbekiston fuqarolariga ham taalluqli böladi.
Avvalgidek, xorijlik şaxs çegarani kesib ötgan kundan boşlab 30 kalendar kundan keçiktirmay röyxatdan ötişi şart. Lekin endi jarayon töliq elektron böladi.
Endi migrant IS MP tizimiga ma’lumotlarni kiritadi: F.I.Ş., tuğilgan sanasi, pasport ma’lumotlari, Qozoğistonda yaşaş manzili, uy-joy bergan şaxs töğrisidagi ma’lumotlar.
Uy-joyni taqdim etuvçi şaxs mobil ilovada xabarnoma oladi va röyxatdan ötişni tasdiqlaşi yoki rad etişi kerak.
Tasdiqlangandan söng, migrantning şaxsiy kabinetida avtomatik ravişda röyxatdan ötganlik töğrisidagi elektron ma’lumotnoma paydo böladi.
Quyidagilar röyxatdan ötkazişni rad etiş uçun asos bölişi mumkin:
- notöğri ma’lumotlar,
- Qozoğistonda böliş muddatini buziş,
- qabul qiluvçi tomonning röyxatdan ötkazişni tasdiqlaşni rad etişi.
Migrant manzilni özgartirganda 5 iş kuni içida yangi yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötiş kerak. Eski manzil avtomatik ravişda olib taşlanadi.
Qayerda röyxatdan ötiş mumkin? Turar joylarda, kvartiralarda, yotoqxonalarda, mehmonxonalarda, sanatoriylarda, dam oliş uylarida va odamlar yaşaşi uçun möljallangan boşqa joylarda.
Röyxatdan ötkaziş muddatining buzilişi yoki tasdiqlangan manzilning yöqligi quyidagilarga olib kelişi mumkin:
- röyxatdan ötkazişni rad etişga,
- jarimaga,
- deportatsiya.
Elektron tizim migrantga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- öz holatini nazorat qiliş,












