Yevropa Ukrainadagi uruş yakunlanganidan söng Kiyevga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etişda katta darajada iştirok etadi, deb va’da berdi AQŞ prezidenti Donald Tramp. U bu haqda seşanba, 25 noyabr kuni prezident samolyoti Air Force One bortidagi jurnalistlardan birining savoliga javob berar ekan aytib ötdi.

«Xavfsizlik kafolatlari va Ukrainaning NATOga qöşilişi masalasi nima böladi?» deya söradi jurnalist. «Biz bu masala böyiça Yevropa bilan kelişuvga kelyapmiz. Yevropa bu işda juda katta darajada iştirok etadi. Yevropa, aslida, bu (Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi – tahr.) imkoni boriça tezroq yakunlanişini çindan istaydi», — dedi Tramp.

Yana bir jurnalistning 28 banddan iborat dastlabki tinçlik rejasi köplab respublikaçilar tomonidan «Rossiya uçun haddan taşqari qulay» deb baholangani va u buni özgartirgan-özgartirmagani haqidagi savoliga javob berar ekan, Tramp rejaning dastlabki variantini faqat «qoralama», umumiy konsepsiya deb aytdi.

AQŞ prezidentining jurnalistlar bilan muloqotini öz içiga olgan audioyozuvni Oq uy matbuot xizmati YouTube’ga joylaştirdi.

Ukraina tomoni Rossiyaga ehtimoliy hududiy imtiyozlar berişi masalasiga töxtalar ekan, Tramp quyidagiça ta’kidladi: «Agar siz hozir barça narsaning qanday rivojlanayotganiga qarasangiz, hammasi bir yönalişda ketyapti. Demak, bu yerlar bir neça oydan keyin baribir Rossiya qöliga ötişi mumkin. U holda nima, siz yana 50–60 ming odamni yöqotiş uçun kuraşmoqçimisiz? Yoki biror narsani hozir qilişni istaysizmi? Ayrim hollarda holat aksinça yönalişda ham ketişi mumkin. Ular muzokara olib borişyapti, buni tugatişni istaşyapti. Siz çegaraga ega bölişni xohlaysiz. Lekin çegara magistral yölning örtasidan yoki şaharning örtasidan ötişi mumkin emas. Bu işlamaydi. Demak, bu uzoq va murakkab jarayon, va bu juda ğamgin holat, çunki şunçaki köp odamlar halok bölişi mumkin».

Rossiya qanday yon bosişi kerakligi haqidagi savolga javoban esa Tramp Moskva «haqiqatda imtiyozlarga borayotganini» ta’kidladi: «Ular endi jang qilmaydi va boşqa hududlarni egallamaydi».

AQŞ prezidentining sözlariga köra, u Ukraina tomoni uning «tinçlik rejasi»ni ma’qullaşi uçun avval belgilangan 27 noyabr sanasiga qat’iy muddat sifatida turib olmayapti. Şu bilan birga, Tramp «bu sana yaqin kelajakda bölişi mumkin», deb hisoblaydi. «Bilasizmi, men uçun dedlayn — bu iş qaçon yakunlansa, öşanda», — deb qöşimça qildi Oq uy rahbari.

Bloomberg agentligi xabariga köra, uning maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiya prezidenti Vladimir Putinning maslahatçisi Yuriy Uşakov bilan Ukraina böyiça Trampning «tinçlik rejasi»ni muhokama qilgan va Putin bu masalada Tramp bilan qanday gaplaşişi kerakligi haqida maslahatlar bergan. Bu haqda söralganda, AQŞ prezidenti quyidagilarni aytdi: