AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Yevropa ittifoqçilariga Vaşington Ukrainaga har qanday xavfsizlik kafolatlarini faqat tinçlik bitimi tuzilgandan keyingina berişga rozi bölişini ma’lum qildi. Bu haqda çorşanba, 26 noyabr kuni Politico onlayn-naşri muzokaralar mazmunidan xabardor manba va yevropalik diplomatga tayanib yozdi.
Manbalarning sözlariga köra, bunday şart ötgan hafta AQŞ tomonidan Kiyevga yuborilgan takliflarda öz ifodasini topgan.
Naşr eslatişiça, Ukraina ğarb tomonidan xavfsizlik kafolatlari berilişini Rossiya bilan tinçlik kelişuvi tuzişda eng asosiy şart deb hisoblaydi. Şu bilan birga, AQŞ prezidenti Donald Tramp göyoki “Ukraina rahbarlarini Oq uyga taklif qilmasligini”, bitim imzolanmagunça ularni qabul qilmasligini aytgan, deyiladi maqolada.
Naşrga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyatidan kelayotgan siyosiy signallar “köp qirrali” hisoblanadi. Politico yozişiça, 25 noyabr kuni yevropalik vakillar bilan telefon orqali suhbatda Marko Rubio Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari Tramp ma’muriyatining ustuvor vazifasi ekanini aytgan, şuningdek, bu masala tinçlik bitimining boşqa, allaqaçon kelişib olingan bandlaridan alohida muhokama qilinayotganini ta’kidlagan.
Naşr suhbatdoşi bölgan yevropalik diplomat sözlariga köra, AQŞ barça şartlarni tez orada yagona paket körinişida qabul qilişni istamoqda.
Bundan taşqari, davlat kotibi yevropaliklar bilan suhbatda tinçlik kelişuviga oid boşqa masalalarni ham umumiy qilib tilga olgan. Manba sözlariga köra, ular Ukraina hududiy yaxlitligi va muzlatilgan Rossiya aktivlari masalalariga taalluqli bölgan.
“Ayrim Yevropa davlatlari Tramp ma’muriyati vaziyatni Rossiya foydasiga oğdirib yuborişidan xavotirda”, — deyiladi maqolada. “Inson huquqlari, gumanitar huquq, xalqaro huquq yoki umumiy tamoyillar haqida bir oğiz gap yöq. Bu esa Yevropa xavfsizlik arxitekturasining yangi, ammo teşiklarga töla modelini yaratadi”, — deya diplomatlardan birining sözlari keltiriladi.












