The Insider yozişiça, Dmitriyev öz rejasini Tramp 2025 yil yanvar oyida ikkinçi inauguratsiyadan söng Oq uyga qaytganidan köp ötmay tuzgan. U hujjatda Vaşington tomonidan Qrim, Donetsk va Luxansk viloyatlarini Rossiyaniki sifatida amalda tan oliş, Zaporijjya va Xerson viloyatlarida front çiziğini “muzlatib qöyiş”, Ukrainaning NATOga a’zo bölişini taqiqlaş va uning hududiga ğarb tinçlikparvar kuçlarini joylaştirmaslik, şuningdek Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni bosqiçma-bosqiç bekor qiliş nazarda tutilgan edi.

Naşr ma’lumotlariga köra, Rossiya konsepsiyasida Tramp ma’muriyatining qattiq “biznesga yönaltirilgan” yondaşuvini hisobga olgan holda ikki “teşik” ham bor edi. Birinçisi şundan iborat ediki, AQŞ uruşdan keyingi Rossiya iqtisodiyotiga investitsiya kiritiş imkoniyatiga ega bölar edi — kutilganidek, bunday iqtisodiyot “katta moliya tanqisligi va investitsiyalarga kuçli ehtiyoj” sezişi kerak. E’lon qilingan 28 band içida ğarbda muzlatib qöyilgan Rossiya aktivlarining bir qismini AQŞ–Rossiya investitsiya fondiga yönaltiriş taklifi bor, u ikki davlatning qöşma loyihalarini amalga oşiriş bilan şuğullanişi kerak böladi.

Ikkinçisi esa, The Insider manbasining aytişiça, Amerika rejasiga kiritilmagan. Manba uni quyidagiça izohlagan: “Biz, şaxsan men, Xitoyni AQŞga almaştirişga tayyor bölardim”. U qöşimça qilişiça, Rossiya elitasi “ğarb investorlari ketişi natijasida hosil bölgan böşliqdan foydalanayotgan Xitoyning iqtisodiyotdagi roli tobora ortayotganidan qattiq jahli çiqyapti”. Naşr taxmin qilişiça, bu punkt keyinçalik olib taşlangan, çunki “Rossiya özining eng muhim strategik ittifoqçisi bilan bir kuni bölsa ham aloqani uzişi mumkinligi haqida hatto işora berişni ham istamagan”.

The Wall Street Journal 24 noyabr kuni yozişiça, AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff va Trampning kuyovi Jared Kuşner göyoki birinçi qoralama variantni “Yaqin Şarq safaridan qaytar ekan, Isroil va HAMAS örtasidagi kelişuv muvaffaqiyatidan ilhomlanib” yozgan, keyin esa uning detallarini Dmitriyev bilan birga işlab çiqqan. Ammo The Insider fikriça, hatto Uitkoff va Kuşner hujjatga nimanidir qöşgan bölsa ham, bu unçalik katta hissa emas, çunki ularning varianti “Dmitriyev matnini deyarli sözma söz takrorlaydigan aniq formulirovkalarni öz içiga oladi”.

Bloomberg agentligi 25 noyabr kuni Stiven Uitkoff va Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov örtasidagi telefon suhbati stenogrammasini e’lon qildi. Unda Uitkoff Vladimir Putin Donald Tramp bilan suhbatda qanday yondaşuvni tanlaşi kerakligi haqida Uşakovga körsatmalar bergan. “Menimça, quyidagiça bölsa, juda ajoyib bölar edi, — deydi, jumladan, AQŞ prezidentining maxsus vakili. — Balki u prezident Trampga şunday der: ‘Bilasanmi, Stiv va Yuriy 20 banddan iborat tinçlikka erişiş rejasini muhokama qildi, va bu vaziyatni siljitişga qodir narsa bölişi mumkin, deb öylayapmiz’”. Ma’lumotlarga köra, 16 oktyabr kuni Tramp va Putin ikki soatdan ortiq vaqt telefon orqali suhbatlaşgan.