Hukumat qarori (743-son, 26.11.2025 y.) bilan “Istiqbolli mutaxassislarning “El-yurt umidi” jamğarmasi mablağlari hisobidan maqsadli stajirovkasini taşkil etiş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, maqsadli stajirovkaga yuboriş böyiça nomzodlarni saralab oliş Boşqaruv samaradorligi agentligi (Agentlik) tomonidan amalga oşiriladi.

Buyurtmaçi taşkilotlar har yili 10 noyabrgaça kadrlar tayyorlaşga bölgan ehtiyojlar töğrisida lavozim va yönalişlar kesimida Agentlikka ma’lumot taqdim etadi. “El-yurt umidi” jamğarmasi Boşqaruv kengaşi esa 15 yanvargaça stajirovka dasturining xorijiy mamlakatlar kesimidagi kvotalarini tasdiqlaydi.

Nomzodlarni tanlaşda buyurtmaçi taşkilotlar quyidagi talablarni inobatga oladi:

stajirovka yönalişiga mos mutaxassislik böyiça kamida 3 yillik iş tajribasi, şu jumladan oxirgi 12 oy davomida uşbu sohada işlagan bölişi;
davlat tilini bilişi;
stajirovka ötaş rejalaştirilgan xorijiy taşkilotning şarsiz taklifnomasi mavjud bölişi.

Saralaş tartibi ikki bosqiçdan iborat:

  • test sinovlari;
  • nomzodlar bilan suhbat.

Test sinovlaridan 71 foiz va undan yuqori natija töplagan nomzodlar suhbat bosqiçiga ötkaziladi.

Ğolib deb topilgan mutaxassislar bilan “El-yurt umidi” jamğarmasi, Agentlik, buyurtmaçi taşkilot va moliyaviy (qöşimça) kafil örtasida şartnoma tuziladi. Bu orqali maqsadli stajirovkalarni moliyalaştiriş, mutaxassislarning mas’uliyati va qaytib kelib, mamlakat rivojiga hissa qöşiş mexanizmlari huquqiy jihatdan mustahkamlanadi.