Prezident ma’lum qilgan rejalarga köra, Özbekistonda sun’iy intellekt ekotizimini barpo etiş böyiça qator yönalişlarda işlar amalga oşiriladi.

Nvidia kompaniyasi bilan hamkorlikda superkompyuter klasteri işga tuşiriladi. AQŞning Kremniy vodiysida Milliy transfer ofisi oçiladi. Barça hududlardagi “Kelajak markazlari”da sun’iy intellekt böyiça maktab öquv dasturi joriy qilinadi.

Maktablar örtasida har yili sun’iy intellekt yönalişida eng yaxşi startap ğoyalari böyiça tanlov ötkaziladi. Har bir hududda ğoliblikni qölga kiritgan maktabda eng zamonaviy SI laboratoriyasi taşkil etiladi.

SI böyiça Prezident tanlovi taşkil etiladi. Har yili 100 nafar eng iqtidorli yoş saralab olinib, AQŞ, Birlaşgan Arab Amirliklari va Yevropaning ilğor texnologik kompaniyalariga stajirovkaga yuboriladi.

Prezident yoşlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan yirik taşabbus – “5 million sun’iy intellekt yetakçilari” loyihasiga ham start berilişini ma’lum qildi. Unga köra, 2030 yilga qadar 4,75 million öquvçi va talaba, 150 ming öqituvçi, 100 ming davlat xizmatçisi sun’iy intellekt asoslari böyiça öqitiladi. SI fanlari maktab, kasb ta’limi va oliy ta’lim tizimlariga integratsiya qilinadi.

Har yili noyabr oyi “Yoşlar uçun sun’iy intellekt oyligi” deb e’lon qilinadi. Doimiy ravişda “Ipak yöli sun’iy intellekt forumi” ötkazib boriladi.

Prezidentning ta’kidlaşiça, uşbu taşabbuslar yoş avlodni zamonaviy raqamli könikmalarga ega, global raqobatbardoş kadrlar sifatida şakllantiriş, şuningdek, Özbekistonni mintaqa­dagi yetakçi sun’iy intellekt markazlaridan biriga aylantirişga xizmat qiladi.