Londonda bölib ötgan Going Global xalqaro konferensiyasi Education for Transformation: Building Partnerships for the Future mavzusida ötkazilib, unda 80 dan ziyod mamlakatdan ta’lim vazirlari, agentliklar va oliy ta’lim muassasalari vakillari iştirok etdi. Özbekiston delegatsiyasi ham mazkur anjumanda faol qatnaşdi.
Xalqaro forum doirasida oliy ta’limda sifat kafolati va samarali boşqaruv tizimi, davlat-xususiy şeriklik asosida innovatsion universitetlar tarmoğini kengaytiriş, transmilliy ta’lim dasturlari sifatini ta’minlaş, ta’lim orqali inson kapitalini rivojlantiriş kabi yönalişlarda panel muhokamalar ötkazildi.
Safar doirasida yurtdoşlar AMBA & BGA, QAA, Ofqual hamda Cambridge University Press & Assessment kabi nufuzli taşkilotlar mas’ullari bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazdi.
AMBA & BGA taşkilotining boş ijroçi direktori Endryu Meyn Uilson bilan bölib ötgan muloqotda Özbekiston ta’lim tizimida öquv dasturlarini baholaş va akkreditatsiya mezonlari, OTMda biznes-ta’lim dasturlariga AMBA akkreditatsiyasini joriy etiş imkoniyatlari atrofliça muhokama qilindi.
Muzokaralar çoğida ta’lim sifatini baholaşda xalqaro indikatorlarni milliy tizimga uyğunlaştiriş, kadrlar malakasini oşiriş, tajriba almaşiş mexanizmlarini yaratiş böyiça ham hamkorlik masalalari körib çiqildi.
Uçraşuvlar yakunida Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi hamda AMBA & BGA örtasida hamkorlik töğrisida anglaşuv memorandumi imzolandi. Unga köra, AMBA & BGA taşkiloti Özbekistonda xalqaro akkreditatsiya agentligi sifatida tan olinişi, şuningdek, uning kömagida qöşma treninglar, onlayn seminarlar va ekspert almaşinuvlari yölga qöyilişi belgilanmoqda.
Mazkur kelişuv Özbekiston OTMda biznes-ta’lim sifati va xalqaro raqobatbardoşlikni oşiriş, bitiruvçilarni global mehnat bozori talablariga mos tayyorlaşda muhim qadam sifatida qayd etilmoqda.












