Krasnodar ölkasining Severskiy tumanida joylaşgan Afip neftni qayta işlaş zavodi hududida uçuvçisiz uçoqlar hujumidan söng yonğin boşlandi. Zavodga uyuştirilgan zarbalar töğrisidagi xabarlar şanbaga ötar keçasi, 29 noyabrda kelib tuşdi va Kuban operativ ştabi tomonidan tasdiqlandi.
RBK-Ukraina naşri Telegram’dagi Exilenova+ kanaliga tayanib, NQZ hududida sodir bölgan deb taxmin qilinayotgan portlaş lahzasi va uzoqdan ham körinib turgan yonğin aks etgan videoni e’lon qildi.
Krasnodar ölkasi operativ ştabi NQZda yonğin çiqqanini tasdiqlar ekan, dastlabki ma’lumotlarga köra, yonğin maydoni taxminan 100 kv metrni taşkil etganini ma’lum qildi. «Zavod hududidagi ayrim texnik jihozlar zarar körgan, rezervuarlarga zarar yetmagan», — deyilgan ştab bayonotida.
Keyingi xabarda yonğin maydoniga oid ma’lumotlar aniqlaştirildi: unda aytilişiça, yonğinni öçirişga 100 dan ortiq kişi va 35 ta texnika jalb etilgan, şundan söng yonğin «250 kv metr maydonda örab olingan». Operativ ştab NQZda portlaş bölgani haqida söz oçmagan.
Operativ markaz ma’lumotlariga köra, urib tuşirilgan dronlardan biri parçalari Afipskiy qişloğidagi qişloq xöjaligi korxonasi hududiga ham tuşgan. Şu bilan birga, na NQZdagi yonğin, na qişloq xöjaligi korxonasida biror kişi jabrlanmagan.
Hujumga uçragan uşbu neftni qayta işlaş zavodi RF Ukrainaga qarşi töliq miqyosdagi hujum boşlaganidan beri bir neça bor ukrain dronlari nişoniga aylangan. Masalan, 2025 yil sentabr oyi oxirida navbatdagi şunday hujum natijasida zavoddagi quvurlardan biri zarar körgan edi.
Qator ukrain OAVda Afip NQZ Rossiyadagi eng yirik zavodlardan biri ekani haqidagi ma’lumotlar tarqalgan. Aslida esa u mamlakatdagi eng yirik önta NQZ qatoriga kirmaydi. Şunga qaramay, 2025 yilda amalga oşirilgan rekonstruksiyadan söng Afip NQZ Rossiya janubidagi eng yirik korxonalardan biriga aylangan, uning yillik quvvati 9,1 mln tonna neftni taşkil etmoqda.
Taqqoslaş uçun: oçiq manbalarga köra, Rossiyadagi eng yirik NQZ — Omsk neftni qayta işlaş zavodi quvvati taxminan yiliga 22 mln tonna neftni taşkil qiladi. Undan keyin Leningrad viloyatidagi “Kirişinefteorgsintez” (yiliga taxminan 21 mln tonna neft) va Ryazan neftni qayta işlaş kompaniyasi (yiliga taxminan 17,1 mln tonna neft) keladi. Bu korxonalar ham avvalroq dronlar hujumiga uçragan. Masalan, Ryazan NQZ navbatdagi muvaffaqiyatli dron hujumidan söng noyabr örtalarida işini töxtatgan. RFdagi boşqa bir qator NQZ faoliyatini töxtatgani haqida ham ma’lumotlar bor.













