2025 yil yanvar–oktyabr oylarida Özbekistonda fuqarolik obektlari qurilişi böyiça 51,6 trln sömlik quriliş işlari amalga oşirildi. Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, bu jami quriliş işlarining 20,9 foizini taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 28 foizga ösiş qayd etilgan. Eng yuqori körsatkiçlar Toşkent şahri va Samarqand viloyati hissasiga töğri keldi.

Ma’lumotlarga köra, fuqarolik obektlari qurilişi hajmi Toşkent şahrida 13,4 trln söm, Samarqand viloyatida esa 9,2 trln sömni taşkil etgan. Şu bilan birga, Toşkent viloyati (5,8 trln söm), Buxoro viloyati (3,8 trln söm) va Farğona viloyati (3,1 trln söm) ham yirik quriliş hajmlari bilan ajralib turibdi.

Qoraqalpoğiston Respublikasida 2 trln söm, Navoiy viloyatida 2,4 trln söm, Surxondaryo viloyatida 2,6 trln söm, Xorazm viloyatida 2,1 trln sömlik fuqarolik quriliş işlari bajarildi. Andijon va Sirdaryo viloyatlarida 1,8 trln sömdan, Jizzax viloyatida 1,1 trln söm, Namangan viloyatida esa 983,2 mlrd sömlik quriliş işlari amalga oşirilgani qayd etildi.