Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Isroil ikki falastinlik asirni otib taşladi
Ğarbiy sohilda reyd ötkazgan Isroil harbiylari ikki falastinlikni qölga olingan joyida otib öldirdi. Payşanba oqşomidagi otişma videoga tuşib qolgan, voqea joyiga yaqin bölgan jurnalistlar ham unga guvoh bölgan.
Tarmoqlarda tarqalgan videoda — Isroil askarlari omborxona körinişidagi binoni qurşab olgani körinadi. Harbiylar mexanik ekskavator yordamida garaj eşigini buzib kiradi. Şundan söng ikki erkak şikastlangan eşik ostidan qöl kötarib çiqadi va qurolsiz ekanini namoyiş etib, taslim böladi.
Isroil çegara politsiyasi xodimlaridan biri erkaklarni yerda yotgan payti tepgan va yana bino içiga qaytişni buyurgan. Bir neça soniyadan keyin beş nafar çegara politsiyaçisi qurolsiz asirlarni otib taşlaydi.
Isroil Mudofaa kuçlari Jyenin atrofidagi qöşma operatsiya çoğida ikki erkakni otib taşlagani tan olindi. IDFʼning aytişiça, otişma «qömondonlar tomonidan körib çiqilmoqda va tegişli mutaxassis organlarga topşiriladi».
The Guardian naşrining yozişiça, falastinlik guruhlaridan biri ikki erkak Al-Quds brigadalarining jangçilari ekanini bildirgan.
«Biz keça Jyeninda Isroil çegara politsiyasi tomonidan ikki falastinlik erkakning oçiqçasiga öldirilganidan larzadamiz. Bu yana bir yaqqol xulosaviy qatl holati», dedi BMT Inson huquqlari boşqarmasi matbuot kotibi Jyeremi Lourens.
«Isroilda falastinliklarning öldirilişini töxtatadigan yoki aybdorlarni javobgarlikka torta oladigan heç qanday mexanizm yöq», deydi inson huquqlari faoli Yuli Novak.
Aslida uruş va mojarolar vaqtida ham qurolsiz asirlarni qatl qiliş — harbiy jinoyat hisoblanadi.
Payşanba kuni Jyenindagi qotillikni boşqalardan ajratib turadigan narsa — video dalilining ravşanligi. Lekin Isroil askarlari va politsiyasi falastinliklarni öldiriş hollari yuzasidan yuzlab şikoyatlarga qaramay, juda kam holatda javobgarlikka tortiladi.
Ukraina boş muzokaraçisi iste’foga çiqdi
Ukraina prezidenti ma’muriyatining kuçli ta’sirga ega rahbari Andrey Yermak — korrupsiyaga qarşi agentlar uning uyini tintuv qilganidan bir neça soat ötib, iste’foga çiqdi. U AQŞ qöllab-quvvatlagan, murakkab tinçlik muzokaralarida Ukraina delegatsiyasini boşqarib kelayotgan edi.











