Silikon vodiysi – texnologiya, innovatsiya va katta ilmiy raqobat markazi. Har yili minglab tadqiqotçilar mazkur hududdagi universitetlarga kiriş uçun kuraşadi, ammo ulardan atigi bir neçtasi nufuzli ilmiy dasturlarga munosib topiladi. Şunday imkoniyatni qölga kiritganlar safida bu yil özbekistonlik yoş izlanuvçi Abdumalik Abduqayumov ham bor. U Stendford biznes maktabi (GSB) doktoranturasiga qabul qilingan birinçi özbek. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Abdumalik hujjat topşiriş va saralov jarayonlari, tadqiqot dasturi, Kremniy vodiysidagi ilmiy muhit haqida gapirib berdi.

Abdumalik Abduqayumov Buxoro viloyati Olot tumanida tuğilgan. Matematiklar oilasida ulğaygan. Şu bois bolalikdan aynan şu fanga qiziqişi kuçli bölgan. Qoraköl xalqaro matematika maktabi va akademik litseyni tamomlagan. 2017 yilda Toşkent davlat Iqtisodiyot universitetiga öqişga kirgan. Keyinçalik AQŞga yöl olib, Şimoliy Karolinadagi Duke universitetida iqtisodiyot va kompyuter fanlari böyiça magistratura bosqiçini tamomlagan.

“Doktorantura uçun Stenford biznes maktabini tanlaşimning birinçi va eng muhim sababi oliygohning tadqiqot madaniyati va fikrlaş erkinligiga boğliq. Bu yerda sizdan faqat mavjud nazariyalarni örganiş talab qilinmaydi, aksinça, ularga şubha bilan qaraş, yangi yondaşuv taklif qiliş rağbatlantiriladi. Bundan taşqari, ilmiy yönalişdagi qiziqişlarim bilan fakultet tadqiqot yönalişlarining mos tuşgani ham muhim omil. Stenford BMdagi professorlar bozorlardagi raqobat, sun’iy intellektning iqtisodiyotga ta’siri, innovatsion muhitda yuzaga keladigan iqtisodiy modellar böyiça dunyoda yetakçi tadqiqotlar olib boradi. Men örganmoqçi bölgan mavzular ham aynan şu kesişmada joylaşgan”, – deydi u.

Abdumalikning aytişiça, har yili Stenford biznes maktabi PhD dasturiga qabul qiliniş jarayonida raqobat juda kuçli böladi. Yönalişlarga mingga yaqin nomzod hujjat topşiradi, ulardan örtaça 25-30 tagaça odam qabul qilinişi mumkin.

“PhD dasturiga kirişda eng muhim narsa universitet mas’ullari sizning mustaqil tadqiqotçi ekaningizga işonç hosil qilişidir. Stenford biznes maktabiga ariza topşirayotganda bir neça asosiy hujjatlarni tayyorladim. Birinçisi, tadqiqot rejasi (statement of purpose). Bu hujjatda örganmoqçi bölgan tadqiqot mavzum, ilmiy qiziqişlarim va ularning Stenford professorlari yönalişi bilan mosligini isbotlab berdim. Stenfordda sizdan faqat mavjud nazariyalarni örganiş talab qilinmaydi; ularga şubha bilan qaraş va yangi yondaşuvlar taklif qiliş rağbatlantiriladi. Şu bois, özimning ilmiy yönalişim bilan fakultetning tadqiqot yönalişlari mos kelişini körsatiş muhim edi.

Keyingi muhim hujjat – tavsiyanomalar. PhD dasturiga kamida uçta tavsiyanoma talab qilinadi. Men kompyuter fanlari professori, iqtisodiyot sohasi mutaxassisi va Stendford BM professoridan olganman. Bu tavsiyanomalar bilimimdan taşqari ilmiy yondaşuvim va mustaqil izlanişlarimni baholaşga yordam bergan. Şuningdek, standart test natijalari ham talab qilinadi. GRE yokiGMAT orqali sizning matematik-analitik tayyorgarligingiz baholanadi. GRE’da 335–340 ball oraliğidagi körsatkiçlar eng yuqori nomzod qayd etgan körsatkiç sifatida qaraladi, men esa 336 ball töpladim. Til sertifikati, masalan, IELTS yoki TOEFL AQŞda magistraturani tamomlaganlar uçun talab qilinmaydi.

PhD dasturiga kirişda ilmiy maqolalar, tadqiqot loyihalari va xalqaro olimpiadalar yutuqlari ham katta ustunlik beradi. Men IMO-2017’dagi kumuş medalim va boşqa matematika olimpiadalaridagi natijalarimni taqdim etganman. CV ham muhim, u orqali ta’limingiz, ilmiy işlanmalaringiz, grantlar va stipendiyalar tarixingiz bir qaraşda körinadi. Şuningdek, barça öqigan universitetlardan rasmiy transkript va diplomlar topşiriş lozim. Bu hujjatlar sizning akademik tayyorgarligingizni rasmiy tasdiqlaydi. Oçiğini aytsam, özi Stenford biznes maktabiga kiriş oson emas, ammo eng qiyin jihati kirgandan keyingi 5 yil davomida talab qilinadigan intizom va izlaniş”, – deydi yoş tadqiqotçi.

Abdumalik Abduqayumovning ma’lum qilişiça, Stendford biznes maktabida PhD dasturi Özbekistondagi an’anaviy PhD’dan tubdan farq qiladi. Öqiş muddati beş yil davom etadi. PhD’ga kiriş uçun magistratura diplomi talab etilmaydi.

“Dastlabki va ikkinçi yil davomida tadqiqot hamda amaliy işlanmaga yönaltirilgan kurslar, seminarlarni olamiz. Har bir kurs aniq nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy işlanmalarni ham talab qiladi. Masalan, ehtimollar nazariyasi, optimizatsiya, real analitika, öyinlar nazariyasi asosida murakkab modellaştirişlar qilinadi. Kurslar oxirida esa keng qamrovli imtihonlar topşiriladi, ikkinçi bosqiçda mustaqil tadqiqot maqolasini yoziş topşiriği qöyiladi. Bu kurs oxiriga töliq tayyor holda bölişi kerak. Maqola mavzusi fakultetdagi professorlar bilan kelişiladi, ular sizga mentorlik qiladi, yönaliş va metodologiya böyiça maslahat beradi. Özim ayni vaqtda sun’iy intellekt va iqtisodiyotning kesişmasi, innovatsion muhitdagi iqtisodiy modellar yönalişida izlanişlar olib boryapman”, – deydi Abdumalik.

Uning ta’kidlaşiça, 3-4-kurslarda dissertatsiyaning birinçi boblari yoziladi, konferensiyalarda iştirok etiladi. Har yili talabalar öz işini professorlar va hamkasblari oldida taqdimot qiladi, tanqid va maslahatlar oladi. 5-kursda esa dissertatsiya töliq tayyor bölişi kerak.

 “Stenford biznes maktabining Silikon vodiysi bilan bevosita integratsiyasi ham ilmiy tadqiqotlarni amaliy jarayonlar asosida örganişga katta yordam beryapti. Bu yerda Google, Nvidia, Athropic, Uber kabi yirik kompaniyalar bir-biriga yaqin joylaşgan. Har hafta texnologik kompaniya vakillari bilan uçraşuvlar, investorlar bilan seminarlar, startap ekotizimidagi innovatsion jarayonlarni joyida kuzatiş imkoniyati beriladi. Bu iqtisodiy tadqiqotlar uçun qulay laboratoriya vazifasini bajaradi”, – deydi u.

Abdumalik suhbat davomida Stenford biznes maktabi tomonidan doktorantlarga taqdim etiladigan grant va stipendiyalar, startap loyihalarni moliyalaştiriş uçun moddiy qöllab-quvvatlaş tizimi, Kremniy vodiysidagi hayot tarzi haqida gapirib bergan.

Suhbatni töliq holda Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida tomoşa qilişingiz mumkin.

Diyoraxon Nabijonova suhbatlaşdi.
Operator Abduqodir Tölqinov,
montaj ustasi Şohruzbek Abduraimov.