Yakşanba kuni, 30 noyabrda ötgan Qirğiziston parlamenti — Joqorğu Keneşga muddatdan oldingi saylovlarning dastlabki natijalariga köra, mamlakat amaldagi prezidenti Sadir Japarov tarafdorlari ğalaba qilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. Qança mandat aniq ular qöliga ötayotgani esa aniqlaştirilmagan.

Mahalliy «Kaktus» naşri ma’lumotiça, mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da saylovda qatnaşiş körsatkiçi 34 foizdan biroz oşiq bölgan. Qirğiziston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) ma’lumotlariga tayanib, Reuters yozişiça, dastlabki ma’lumotlarga köra, «Japarov ittifoqçilari bir neçta örindan taşqari barça örinlarni qölga kiritgan». 24.kg yangiliklar portali esa 90 örindan 50 tasi avvalgi çaqiriq deputatlariga tegişli bölişi mumkinligini qayd etdi.

Bu bilan birga, nomzodlarning katta qismi mustaqil tarzda körsatilgan, qirğiz OAV e’lon qilayotgan dastlabki deputatlar röyxatlarida faqat ularning töliq ism-şariflari keltirilgan.

Parlamentning özini özi tarqatib yuboriş töğrisidagi qarori 25 sentabr kuni qabul qilingan edi. Sabablardan biri sifatida saylovlarni muddatdan oldin ötkaziş istagi körsatilgan — çunki rejaga köra ular 2026 yil noyabrida, prezident saylovlaridan ikki oy oldin bölib ötişi kerak edi. Deputatlar bunday qisqa muddat orasida ikki yirik siyosiy voqea ötkazilişi siyosiy beqarorlikka olib kelişi mumkinligini ta’kidlagan.

Muddatdan oldingi saylovlar foydasiga keltirilgan yana bir omil — 2025 yil iyunida prezident tomonidan imzolangan saylov qonunçiligidagi özgarişlar. Avvalgi tartibga köra, 90 deputatning 36 nafari bir mandatli okruglardan saylanar, qolgan 54 nafari esa partiyaviy röyxatlar böyiça aniqlanardi. Endi esa mamlakat 30 ta saylov okrugiga bölingan, har bir okrugdan uçtadan deputat saylanadi, ular orasida kamida bir nafari ayol kişi bölişi şart.

Hokimiyat saylovlarda partiyaviy tizimdan deyarli voz keçişni «siyosiy korrupsiyaga qarşi kuraşiş, amaldagi saylov tizimi kamçiliklarini bartaraf etiş va fuqarolarning xalq vakillariga bölgan işonçini oşiriş» bilan izohladi.

Saylovlardan bir hafta oldin Qirğiziston huquqni muhofaza qiliş idoralari muxolifat vakili va sobiq prezident Almazbek Atambayevning ayrim tarafdorlarini qölga oldi. Uşlanganlar orasida muxolifatçi «Sotsial-demokratlar» partiyasi a’zolari Temirlan Sultanbekov va Ermek Ermatov, sobiq prezidentning öğli Qodirbek Atambayev va boşqalar bor.

Qirğiziston Içki işlar vazirligi bayonotiga köra, uşbu şaxslar «parlament saylovlari natijalari e’lon qilinganidan söng respublikada bir qator mitinglar uyuştirib, ommaviy norozilik haqida tasavvur uyğotiş»ni rejalaştirgan.