1 dekabrdan boşlab Rossiyada çet elliklar va fuqaroligi bölmagan şaxslarning kiriş va çiqiş qoidalari va şartlarini sinovdan ötkaziş böyiça eksperimentning navbatdagi bosqiçi boşlandi, uning doirasida Rossiya davlat çegarasidagi barça ötkaziş punktlarida biometrik şaxsiy ma’lumotlar töplanadi. Bu haqda Rossiya hukumatining tegişli qarorida aytiladi, deb xabar berdi «Gazeta».

Hujjatga köra, sinov 1 dekabr kuni soat 00:00 da boşlangan va 2026 yil 30 iyun kuni soat 23:59 gaça Rossiya davlat çegarasi orqali barça ötkaziş punktlarida «texnik imkoniyat mavjud bölgan taqdirda» davom etadi. Uning maqsadi çet elliklar va fuqaroligi bölmagan şaxslar uşbu punktlar orqali mamlakat çegarasini kesib ötganda ularning biometrik şaxsiy ma’lumotlarini töplaşdan iborat.

Biometriya - bu insonni uning noyob jismoniy yoki xulq-atvor xususiyatlariga qarab taniydigan texnologiyadir. Biometrik ma’lumotlar barmoq izlari, yuz (Face ID), köz kamalagi va tör pardasi, ovoz, kaftdagi venalar rasmi, DNK körinişida bölişi mumkin.

2024 yil 1 dekabrdan davrda xorijliklar va fuqaroligi bölmagan şaxslar uçun Moskvaning Şeremetevo, Domodedovo, Vnukovo aeroportlari, Moskva yaqinidagi Jukovskiy aeroporti, şuningdek, Orenburg viloyatidagi «Maştakovo» ötkaziş punktida biometriya topşiriş jarayoni yölga qöyilgan edi. 2025 yil 30 iyundan boşlab vizasiz davlat fuqarolari Rossiyaga rejalaştirilgan safaridan kamida 72 soat oldin elektron arizani töldirişi kerak.

Belarus fuqarolari, olti yoşgaça bölgan bolalar, diplomatlar va xalqaro taşkilotlar xodimlari oilalari bilan biometriya topşirişdan ozod qilingan.