Yangi infografika 2024 yil oxiridagi holatga köra dunyodagi oltin zaxiralarini aks ettiradi va Umumjahon oltin kengaşi ma’lumotlariga asoslanadi. Eng katta toifa — zargarlik buyumlari bölib, ular 97 149 tonnani taşkil qiladi.

Ötgan yili Hindiston dunyoda zargarlik buyumlari uçun oltinning eng yirik xaridoriga aylanib, 560 tonna sotib oldi. Ikkinçi örinda — 510 tonna bilan Xitoy turibdi. Uşbu mintaqadagi mamlakatlarda oltin turmuşning eng muhim voqealari — töylar, marosimlar va madaniy an’analar bilan çambarças boğlangan.

Quymalar, tangalar va oltin bilan ta’minlangan birjada savdo qilinadigan investitsiya fondlari jami 48 634 tonnani taşkil etadi, bu esa markaziy banklar zaxiralari hajmidan (37 755 tonna) ança yuqori. 2024 yil oxiri holatiga köra markaziy banklar zaxiralarida eng köp oltinga AQŞ, Germaniya va Italiya ega edi.

Sanoat yönalişida — elektronika, stomatologiya va boşqa texnologiyalar böyiça 32 727 tonnani taşkil qiladi. Masalan, köplab yarim ötkazgiç çiplarida oltin yuqori ötkazuvçanligi tufayli qoplama yoki ulagiç simlar sifatida qöllanadi.

Foto: Visual Capitalist