Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Maduroning «muddati» tugamoqda
Venesuela prezidenti Nikolas Maduroda – AQŞ kafolati ostida öz mamlakatini xavfsiz yölak orqali tark etiş va iste’foga çiqiş imkoniyatlari tugab bormoqda. Bu haqda mazkur masala böyiça ma’lumotga ega Reutersʼning tört manbasi ma’lum qilgan.
Bu masala ötgan oyda Tramp va Venesuela yetakçisining qisqa telefon suhbati çoğida kötarilgan.
Manbalarning ma’lum qilişiça, Maduro suhbat davomida Venesuelani tark etişga tayyorligini bildirgan. Biroq buning uçun özi va oilasi töliq huquqiy amnistiya olişi kerakligini, şu jumladan, barça AQŞ sanksiyalarini bekor qiliş va Xalqaro jinoiy sudda unga qarşi olib borilayotgan asosiy işni yopiş lozimligini aytgan.
U AQŞ tomonidan Venesuela hukumatining 100 dan ortiq amaldorlariga qöyilgan sanksiyalarni bekor qilişni ham söragan. Şuningdek, Maduro muvaqqat hukumatni vitse-prezident Delsi Rodriges boşqarişi va şundan keyin yangi saylovlar ötkazilişini taklif qilgan.
Tramp esa 15 daqiqadan kam davom etgan suhbatda Maduro sörovlarining aksarini rad etgan. Biroq unga mamlakatni oilasi bilan birga tark etişi uçun bir haftalik muddat bergan.
Manbalar xabariga köra, 28 noyabr — juma kuni muddat tugagan. Şundan söng Tramp şanba kuni Venesuela havo hududi yopilgani haqida e’lon qildi.
Maduro hali xavfsiz yölak şartlari böyiça yangi taklif berişi mumkinmi — noaniq. AQŞ rasmiysining xabar berişiça, Tramp duşanba kuni masalani muhokama qiliş uçun eng yuqori maslahatçilari bilan uçraşuv ötkazgan. Maduro ma’muriyati esa Tramp bilan yana bir telefon suhbatini ötkazişni söramoqda.
Rossiya Pokrovsk egallanganini bildirdi
Duşanba kuni Rossiya armiyasining harbiy qömondonlari — qöşinlarning front çiziğidagi siljişlari haqida ma’lumot berdi.
Xususan, Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi rahbari Valeriy Gerasimov noma’lum harbiy qömondonlik punktida Putinga – rus qöşinlari Pokrovskni egallagani haqida hisobot bergan. Rossiya prezidenti bu xabarni “katta muvaffaqiyatlarga zamin yaratadigan yutuqlar” sifatida olqişladi.











