Özbekistonning Aqtau şahridagi Boş konsulxonasi ma’lum qilinişiça, Özbekiston – Qozoğiston – Rossiya Federatsiyasi yönalişida harakatlanayotgan fuqarolar davlat çegarasi nazorat-ötkaziş punktlarini kesib ötişda davlat çegarasini kesib ötiş qonunçiligiga qat’iy rioya etişlari söralmoqda.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, sönggi kunlarda ayrim Özbekiston fuqarolari tomonidan Qozoğiston hududida davlat çegarasini noqonuniy kesib ötişga uriniş holatlari qayd etilgan. Qozoğiston vakolatli idoralari ma’lumotlariga köra, mazkur şaxslar qölga olingan va Jinoyat kodeksining 392- va 394-moddalari böyiça jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Şu bilan birga, joriy yil sentabr oyidan Qozoğistonda çegara buzilişi holatlari uçun jazo çoralari yanada kuçaytirilgani, xususan, uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etiş jazosi belgilangani qayd etilgan.
Aqtaudagi Boş konsulxona tomonidan ta’kidlanişiça, davlat çegarasini noqonuniy kesib ötiş yoki bu harakatga urinişning özi ham jinoiy javobgarlikka sabab böladi.
Murojaatda Özbekiston fuqarolariga quyidagilarga amal qiliş tavsiya etilgan:
- davlat çegarasidan ötiş tartibini qat’iy saqlaş;
- noqonuniy “aylanma yöllar” yoki “oson ötiş yöllarini” taklif qilayotgan şaxslarga işonmaslik;
- qonunga zid sxemalarda iştirok etmaslik.
Boş konsulxona fuqarolar xavfsizligi va huquqlarini himoya qiliş maqsadida çegara qoidalarini buzmaslik har bir şaxsning şaxsiy mas’uliyati ekanini eslatdi.

















