Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga eng ko‘p dengiz mahsulotlarini yetkazib bergan davlatlar ma’lum qilindi
2025 yil yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonga qariyb 28,9 mln dollarlik 12,2 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan. Vetnam o‘n oylik davrda 3,3 ming tonna dengiz mahsulotlari yetkazib berib, O‘zbekiston uchun asosiy hamkor davlatlardan biriga aylandi.
Milliy statistika qo‘mitasi axborotida qayd etilishicha, 2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonga jami 31 ta xorijiy davlatdan qariyb 28,9 mln AQSh dollari qiymatida 12,2 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan.
Ushbu mahsulotlar importi hajmi 2024 yilning mos davriga nisbatan 2,3 ming tonnaga, yoki 23,3 foizga oshgan.
2025 yilning 10 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p baliq va dengiz mahsulotlari yetkazib bergan davlatlar quyidagilar bo‘ldi:
- Rossiya – 5,8 ming tonna;
- Vetnam – 3,3 ming tonna;
- Norvegiya – 1 ming tonna;
- Litva – 705,6 tonna;
- Qozog‘iston – 657,1 tonna;
- Buyuk Britaniya – 140 tonna;
- Farer orollari – 138,3 tonna;
- boshqa davlatlar – 379,2 tonna.
Rasmiy ma’lumotlarda ta’kidlanishicha, Vetnamdan import qilinayotgan dengiz mahsulotlari hajmi yuqori darajada saqlanib, O‘zbekistonning ushbu yo‘nalishdagi asosiy tashqi savdo sheriklari qatorida turibdi.
Mavzuga oid
10:49 / 30.06.2026
Ro‘yxatga olish natijasida O‘zbekiston aholisi soni 39 milliondan oshiq ekani ma’lum bo‘ldi
09:05 / 29.06.2026
O‘zbekiston qaysi tovarlarni eng ko‘p import qilyapti?
10:10 / 27.06.2026
34 yilda 9 yoshga o‘sish: o‘zbekistonliklar uzoqroq umr ko‘rmoqda
10:10 / 24.06.2026