Yangi çeklovlar Rossiyaning Ukrainaga qarşi davom etayotgan uruşi munosabati bilan qabul qilingan YeIning 19-sanksiya paketi talablariga muvofiq joriy etildi, deb xabar beriladi duşanba kuni, 1 dekabrda, Wise saytida.

Bayonotda ta’kidlanişiça, kartani blokdan çiqariş uçun 30 yanvarga qadar mijoz öz fuqaroligini yoki YeIHga kiruvçi mamlakatlar (YeI davlatlari, Norvegiya, Islandiya, Lixtenşteyn, Şveytsariya)dan birining vaqtinçalik yoki doimiy yaşaş ruxsatnomasini tasdiqlatişi kerak. Kompaniya bu özgarişlar haqida ular taalluqli bölgan barça mijozlarni xabardor qilgan.

Tekşiruv yakunlangunça bu mijozlar kartalaridan xaridlar uçun foydalana olmaydi, bankomatdan naqd pul ololmaydi, kartasi rekvizitlari orqali obuna tölovlarini ham amalga oşira olmaydi.

Talab etiladigan fuqarolik yoki yaşaş uçun ruxsatnomaga ega bölmagan mijozlar Wise’ning raqamli yoki plastik kartalaridan endi umuman foydalana olmaydi. Şu bilan birga ular servisning boşqa xizmatlaridan — pul yuboriş, saqlaş, qabul qiliş va konvertatsiya qiliş imkoniyatlaridan hali foydalanadi, deyiladi kompaniya bayonotida.

Yevropa Ittifoqining 19-sanksiya paketi oktyabr oyi oxirida ma’qullangan bölib, unga, jumladan, “Rossiya fuqarolariga elektron pul berişga” taqiq ham kiritilgan. Xususiy tartibda xuddi şunday çeklovlar Belarus fuqarolariga nisbatan ham joriy etilgan.

Uşbu paket qabul qilinganidan söng Yevropada yaşovçi ayrim rossiyaliklarning hisob raqamlari Revolut internet banki tomonidan bloklangani ma’lum böldi. OAV ma’lumotlariga köra, bu çora, jumladan, gumanitar viza egalariga, şuningdek yaşaş uçun ruxsatnomasi muddati uzaytirilmaganlarga taalluqli bölgan. Keyinçalik ularning bir qismida hisoblar qayta oçilgani xabar qilindi, biroq boşqa bank va tölov platformalarida, jumladan Paysera xizmatida ham şunga öxşaş holatlar qayd etilgan.