Fransiya va Ukraina prezidentlari Emmanuel Makron va Volodimir Zelenskiy Kiyev va Moskva örtasidagi ehtimoliy tinçlik kelişuvi şartlarini muhokama qildi. Duşanba kuni, 1 dekabrda, Yelisey saroyida bölib ötgan bir neça soatlik uçraşuv davomida ular, şuningdek, bir kun oldin Floridada ötgan Ukraina va AQŞ delegatsiyalari muzokaralari natijalariga alohida e’tibor qaratdi.

Ukraina prezidenti Zelenskiy uçraşuv yakunidan söng bildirişiça, asosiy mavzu — AQŞning Ukrainada uruşni töxtatiş rejasi va Kiyev uçun xavfsizlik kafolatlari bölgan.

«Tinçlik çinakam mustahkam bölişi kerak. Uruş imkoni boriça tezroq tugaşi lozim. Hozir juda köp narsa har bir yetakçining iştirok darajasiga boğliq», — deb yozdi u X ijtimoiy tarmoğida.

Yelisey saroyi xabariga köra, uçraşuv çoğida Makron va Zelenskiy Ukrainadagi tinçlikni ta’minlaş masalalarini bir qator Yevropa davlatlari rahbarlari bilan ham muhokama qildi. Ular, jumladan, Germaniya kansleri Fridrix Mersga, Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmerga, şuningdek, NATO boş kotibi Mark Ryuttega alohida telefon qönğiroqlarini amalga oşirgan.

Zelenskiy ma’lum qilişiça, muzokaralarga, şuningdek, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi (SNBO) kotibi Rustem Umerov hamda Floridadagi muzokaralarda iştirok etgan AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff ham qöşilgan.

Öz navbatida Umerov X ijtimoiy tarmoğida AQŞda bölib ötgan, ehtimoliy tinçlik kelişuvi haqidagi muzokaralarda «sezilarli olğa siljiş»ga erişilganini yozdi va amerikalik şeriklarga «konstruktiv va şeriklikka asoslangan yondaşuv» uçun minnatdorlik bildirdi. Şu bilan birga, «ayrim masalalarni yanada takomillaştiriş talab etiladi», deb qöşimça qildi u.

Umerovning sözlariga köra, Ukraina delegatsiyasi Floridadagi muzokaralar natijalari böyiça hisobot tayyorlamoqda va uni Zelenskiyga Yevropa hududida bölib ötadigan uçraşuv vaqtida taqdim etadi. Uning aytişiça, özi ham muzokaralar guruhi bilan birga Yevropa tomon yölga çiqqan.

Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro muzokaralar boşlanişidan oldin qilgan bayonotida Ukrainada tinçlikni siyosiy yöl bilan hal etiş jarayoni yevropaliklar iştirokisiz keçişi mumkin emasligini ta’kidladi. Şu bilan birga, u Yevropa AQŞ rejasi böyiça muhokamalar davomida Kiyev manfaatlari yölida bir qator imtiyozlarga erişganini qayd etdi. Bu haqda Barro France Culture radiostansiyasi efirida gapirdi.