Maduroning imkoniyatlari tugadi. Uning Tramp bilan telefon muloqoti haqida nimalar ma’lum?
|20:57 / 03.12.202513 76211 min
Jurnalistlar ma’lumotiga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp Venesuela rahbari Nikolas Maduro bilan uning iste’foga çiqişi va mamlakatda rejim almaşinuviga rozi bölgan taqdirda xavfsizlik kafolatlari masalasini muhokama qilgan.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 21 noyabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan qisqa telefon suhbatidan söng iste’foga çiqiş va AQŞ xavfsizligi kafolati ostida mamlakatni tark etiş uçun barça imkoniyatlarini işlatib böldi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi Tramp ma’muriyatidagi manbalarga tayanib. Muloqot paytida Tramp Venesuela prezidentining bir qator iltimoslarini rad etgan.
Tramp prezident Maduro bilan qisqa telefon suhbati ötkazgani va undan iste’foga çiqiş hamda Venesuelani oilasi bilan tark etişini talab qilganini tasdiqladi.
«Suhbat yaxşi yoki yomon ötdi, demayman, bu şunçaki telefon orqali muloqot böldi», degan AQŞ prezidenti.
Mazkur muloqot AQŞ va Venesuela munosabatlari keskinlaşuvi fonida, AQŞ Davlat departamenti Cartel de los Soles guruhini (uni Maduro boşqarişi iddao qilinadi) terrorçilik taşkiloti deb e’lon qilganidan bir neça kundan keyin bölib ötdi.
Şu bilan birga Cartel de los Soles çindan ham mavjudligi aniq emas va Venesuela taşqi işlar vazirligi buni «qat’iyan, uzil-kesil va mutlaqo rad etib», bu ma’lumotni «navbatdagi bema’ni yolğon» deb ataydi.
Maduro va uning hukumati muntazam ravişda barça jinoiy ayblovlarni rad etib keladi va AQŞ Venesuelaning ulkan tabiiy resurslari, birinçi navbatda, neft ustidan nazoratni qölga kiritiş uçun rejimni özgartirişga intilayotganini ta’kidlaydi.
Maduro OPeKga yöllagan maktubida (yakşanba kuni uning matni Venesueladagi davlat naşrlarida e’lon qilindi) AQŞni «Venesuelaning sayyoradagi eng yirik neft zaxiralarini ajalvor harbiy kuç işlatiş orqali qölga kiritiş»ga urinişda ayblagan.
Duşanba kuni Venesuela boş prokurori Tarek Uilyam Saab BBC’ga bergan intervyusida Trampning ayblovlari mamlakatning tabiiy resurslariga nisbatan «katta hasad»dan kelib çiqqanini aytdi.
U, şuningdek, AQŞ va Venesuela hukumatlarini «ötgan yilning iyulidan beri kuzatilayotgan toksik muhitni tarqatiş uçun» töğridan töğri muloqotga çaqirdi.
Oktyabr oyida New York Times naşri Maduro Vaşingtonga mamlakatdagi neft konlarida uluş va agar u hokimiyatda qoladigan bölsa, Amerika biznesi uçun imkoniyatlar taklif qilgani, ammo AQŞ bu muzokaralarni töxtatgani haqida xabar bergandi.
Tramp va Maduro nima haqida gaplaşgan?
Mavzuga oid
Telefon muloqoti ötkazilgani töğrisida birinçi bölib xabar bergan Miami Herald naşri yozişiça, Vaşington va Karakas örtasidagi muzokaralar uçta masala tufayli boşi berk köçaga kirib qolgan.
«Birinçidan, Maduro özi va guruhi tomonidan sodir etilgan barça jinoyatlar uçun yalpi amnistiya söragan, ammo bu rad etilgan», – deb xabar beradi Miami Herald manbasi.
«Ikkinçidan, ular qurolli kuçlar ustidan nazoratni saqlab qolişni söragan – 1991 yilda Nikaraguada Violeta Çamorro bilan bölgani kabi. Buning evaziga ular erkin saylovlar ötkazilişiga ruxsat bergan bölardi», – deydi manba va Vaşington bu taklifni ham rad qilganini qayd etgan.
Uçinçi masala demokratiya tiklanişi uçun Maduro barça yaqin kişilari bilan birgalikda zudlik bilan iste’foga çiqişi talabi bölgan. Unga özi, rafiqasi Siliya Flores hamda ularning öğli Venesuelani xavfsiz tark etişiga kafolat berilişi aytilgan, ammo u bu taklifni rad etgan.
«Siz özingizni va eng yaqin kişilaringizni saqlab qolişingiz mumkin, ammo buning uçun mamlakatni hoziroq tark etiş kerak», – degan Tramp Maduroga uning rafiqasi va öğli faqatgina «u zudlik bilan iste’fo bersagina» xavfsiz ketiş imkoniga ega bölişini aytgan, deb yozadi Miami Herald.
Tramp Maduroning takliflarini rad etgan va unga AQŞ xavfsizligi kafolati ostida Venesuelani tark etiş uçun bir hafta vaqt bergan. Foto: Bloomberg via Getty Images
Uçta manba Reuters agentligiga Maduro muloqot çoğida Trampga u va uning oilasi a’zolari töliq yuridik amnistiyaga ega bölişi, ya’ni AQŞ qöllagan barça sanksiyalar yeçilişi hamda uning işi Xalqaro jinoiy sudda körsatilişi töxtatilişi evaziga Venesuelani tark etişga tayyorligini aytgan.
Manbalarga köra, u Venesuela hukumatining 100 dan ortiq mulozimlariga qarşi kiritilgan sanksiyalar ham bekor qilinişini söragan, ulardan köpçiligi AQŞda inson huquqlari buzilişi, giyohvandlik moddalari savdosi va korrupsiyada ayblangan.
Agentlikning ikki manbasi tasdiqlaşiça, Maduro Venesuela vitse-prezidenti Delsi Rodrigesdan yangi saylovlarga qadar hukumatni vaqtinça boşqarib turişni söragan.
Tramp 15 daqiqadan kamroq davom etgan suhbat davomida Maduroning aksariyat iltimoslarini rad etgan, biroq unga oila a’zolari bilan Venesuelani tark etib, özi tanlagan joyga borişi uçun bir hafta vaqti borligini aytgan, deb xabar berdi Reuters manbalari.
Juma kuni Tramp tomonidan belgilangan muddat tugadi, şanba kuni esa AQŞ prezidenti Venesuela havo hududi yopilişini e’lon qildi.
Venesuela osmoni yopilişi
Ikki davlat örtasidagi munosabatlar yomonlaşişda davom etmoqda. Tramp ma’muriyati 2013 yildan beri hokimiyat tepasida ötirgan Maduroni Venesuelaning qonuniy prezidenti sifatida tan olmasligini ma’lum qilgan. Ötgan yili u navbatdagi marta milliy saylovlarda ğalaba qozonganini e’lon qildi, mustaqil kuzatuvçilar esa saylovlarda muxolifatning qöli baland kelganini aytişgan, AQŞ va ğarbning boşqa davlatlari hukumatlari saylov natijalari soxtalaştirilgan deb hisoblaydi.
Tramp ma’muriyati şu yil noyabr oyida Maduroni giyohvand moddalar yetkazib beriş va AQŞga noqonuniy muhojirlarni jönatiş uçun mas’ul bölgan xorijiy terrorçilik taşkilotining a’zosi deb e’lon qildi.
AQŞ Maduroning hibsga olinişiga olib keladigan ma’lumot uçun mukofotni 50 million dollargaça oşirdi, şuningdek, Venesuela hukumatining giyohvand moddalar savdosi va boşqa jinoyatlarda ayblanayotgan boşqa yuqori martabali amaldorlari, jumladan, içki işlar vaziri Diosdado Kabeloga 25 million dollar mukofot belgiladi. Ularning barçasi ayblovlarni rad etmoqda.
Şukronalik kuni munosabati bilan butun dunyo böylab joylaştirilgan bazalarda xizmat ötayotgan amerikalik harbiylarga qilgan murojaatida Tramp venesuelalik narkosavdogarlarga qarşi hujumlar kengayişini aytdi – endi bunday hujumlar quruqlikda ham amalga oşirilişi ma’lum qilindi. Ba’zi tahlilçilar bu bayonot ortidan Venesuela hududiga zarbalar berilişini taxmin qilmoqda, biroq boşqa kuzatuvçilar AQŞ prezidenti öz tahdidlarini keng kölamli harbiy harakatlar bilan mustahkamlamoqçi ekaniga şubha bilan qaraydi.
Tramp boşqa davlat osmonini yopişga haqli emas, ammo xorijiy aviakompaniyalar uning bayonotini inobatga olişi aniq.
Foto: Anadolu via Getty Images
Şunga qaramay, şanba kuni AQŞ prezidenti Venesuela havo kengliklari «töliq yopilişi»ni e’lon qildi.
«Barça aviakompaniyalar, uçuvçilar, giyohvand moddalar savdogarlari va odam savdogarlariga murojaat qilaman, şuni yodda tutingki, VeNeSUELA VA UNING ATROFIDAGI HAVO MAKONI YoPILDI. E’tiboringiz uçun rahmat!», – deya yozdi şanba kuni AQŞ prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
AQŞ boşqa davlatning havo hududini yopişga haqli emas, biroq bu tahdid aviakompaniyalar orasida vahima uyğotişi, Venesuelaga safarlar borasida noaniqlikka olib kelişi va Maduroni xavotirga solişi mumkin, deya qayd etadi Daily Telegraph.
Şanba kuni e’lon qilingan bayonotda Venesuela Trampning bayonotini öz suverenitetiga «mustamlakaçilik tahdidi» sifatida qoraladi.
Bu post «xalqaro huquqning eng asosiy tamoyillariga mos kelmaydigan duşmanona, bir tomonlama va özboşimça harakatdir», dedi mamlakat taşqi işlar vaziri Ivan Gil.
Trampning postidan keyin Maduro Oq uyga qayta qönğiroq qiliş böyiça sörov yuborgan, biroq unga javob qaytarilmagan.
Buyoğiga nima böladi?
Maduro endi özi xohlagan taqdirda ham AQŞ kafolatidan foydalangan holda mamlakatni xavfsiz tark etişi mumkinmi yoki yöqmi, bunisi noma’lum. Amerikalik yuqori martabali mulozimning sözlariga köra, duşanba kuni Tramp öz maslahatçilari bilan Venesuelaga bosim ötkaziş kampaniyasini muhokama qiliş uçun muzokaralar ötkazgan.
Yakşanba kuni Wall Street Journal tahririyati Tramp ma’muriyatini Venesuelaga bosimni yanada kuçaytirişga çaqirdi. Naşrdagilar fikriça, Maduroning hokimiyatdan çetlatilişi AQŞning milliy manfaatlariga mos keladi. Gazeta tahririyati şunday bayonot bergan: «Agar Maduro ketişdan boş torsa, Tramp esa uni işdan böşatiş böyiça harakatlarga jur’at etmasa, bundan Tramp va AQŞ nufuzi yutqazadi».
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro öz mamlakatidagi Kartaxen şahrini Maduro rejimi va Venesuela muxolifati örtasida muzokaralar ötkaziş mumkin bölgan joy sifatida taklif qilmoqda.
AQŞ Karib havzasida giyohvand moddalarni taşişda gumon qilingan kemalarga zarba berişda davom etmoqda
Şu bilan birga, Qöşma Ştatlarning özida prezident Trampning giyohvand moddalar savdosida gumon qilingan kemalarga zarba beriş qarori oqibatlari Kongressdagi suriştiruv mavzusiga aylandi. Amerikalik harbiylar allaqaçon giyohvand moddalarni taşişda gumon qilingan 20 dan ortiq kiçik kemalarga zarba bergan va 80 dan ortiq odamni öldirgan.
Vakillar palatasidagi respublikaçilar va demokratlar bu zarbalarning qonuniyligini şubha ostiga olişdi va ularning ba’zilari bu uruş jinoyatlari yoki qotilliklarga tenglaştirilişi mumkinligini taxmin qilişdi.
Oq uy uşbu kemalar giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullangan degan xulosaga keliş uçun asos bölgan razvedka ma’lumotlarini taqdim etmagan va halok bölganlarning şaxsini oşkor qilmagan.
Bu vaqtda AQŞ narkotrafikka qarşi operatsiya doirasida Karib havzasidagi harbiy mavjudligini kengaytirişda davom etmoqda. Mamlakatning eng yirik harbiy kemasi USS Gerald R Ford aviataşuvçisi önlab samolyotlar va esminetslardan iborat zarbdor kuçlar bilan birga noyabr oyi boşida Karib dengiziga yetib kelgandi.
Ötgan hafta payşanba kuni Tramp AQŞ «juda tez orada» Venesuelaning «quruqlikdagi» narkotrafigini töxtatişga ötişi haqida ogohlantirgandi.