Bryusselda Rossiya agressiyasi şaroitida Ukrainaga 2026 va 2027 yillarda kömak beriş va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlaşga imkon beruvçi takliflar taqdim etildi. Yevrokomissiya YeIga a’zo davlatlarga ikki xil huquqiy yölni taklif qilmoqda: Yevroittifoq qarzi yoki reparatsion kredit. Bu haqda çorşanba kuni, 3 dekabrda, Bryusselda ötkazilgan matbuot anjumanida YeI Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) baholariga mos ravişda, 2026–2027 yillarda Ukrainaga «davlatning faoliyatini ta’minlaş, şuningdek frontdagi mardonavor qarşilikni davom ettiriş» uçun 137 milliard yevro kerak böladi.
«Ukraina işonç bilan ayta olişi mumkinki, Yevropa uning eng kuçli va işonarli hamkori bölib qoladi», — dedi Yevrokomissiya rahbari.
XVJning moliyaviy prognozlaridan kelib çiqib, Yevrokomissiya «keyingi ikki yilda Ukrainaning moliyaviy ehtiyojlarining uçdan ikki qismini, ya’ni 90 milliard yevroni» qoplaşni taklif qilmoqda, qolgan qismini esa «xalqaro hamkorlar taqdim etişi lozim».
Fon der Lyayyen tuşuntirişiça, Yevrokomissiyaning birinçi taklifi mohiyatan «YeI budjeti kafolati asosida kapital bozorlaridan mablağ jalb qilib, uni Ukrainaga qarz sifatida beriş»dan iborat. Bunday qarorni YeIga a’zo davlatlar bir ovozdan ma’qullaşi kerak.
Ikkinçi taklif — YeIda muzlatilgan Rossiya Markaziy banki aktivlari hisobidan reparatsion kredit beriş. Bu variantga Belgiya qat’iy ravişda qarşi çiqmoqda: uning yurisdiksiyasida Rossiyaning taxminan 185 milliard yevro miqdorida muzlatilgan aktivlari saqlanayotgan Euroclear depozitariysi joylaşgan.
Fon der Lyayyen ta’kidlaşiça, ikkinçi variantga köra, Yevrokomissiya «bunday mablağlarni yiğib turgan barça moliya muassasalarini (faqat Euroclear emas — taxr.) reparatsion kredit doirasida bu depozitlardan foydalaniş jarayoniga jalb etişni» taklif qilmoqda.
«Ya’ni, biz hisoblardagi pul qoldiqlarini olamiz, ularni Ukrainaga kredit sifatida beramiz va Ukraina bu kreditni faqat Rossiya reparatsiyalarni tölasa, öşanda qaytarişi kerak böladi», — deb tuşuntirdi Yevrokomissiya rahbari. Bu yeçimni YeI davlatlari köpçilik ovoz bilan qabul qilişi mumkin.
Matbuot anjumanida qatnaşgan YeI iqtisodiyot böyiça komissiya a’zosi Valdis Dombrovskis Yevrokomissiya takliflari «huquqiy jihatdan asoslangan, Yevropa va xalqaro huquqqa töla mos keladi, suveren immuniteti tamoyiliga hurmat bilan yondaşadi», deya ta’kidladi.












