Prezident Şavkat Mirziyoyevning Sirdaryoga taşrifida sanoat, servis, qişloq xöjaligi va infratuzilmani masalalari muhokama qilindi.

Ma’lum qilinişiça, sönggi yillarda viloyatda xitoylik investorlar bilan hamkorlikda 500 million dollarlik 31 ta korxona işga tuşirilib, 5 mingta iş örni yaratilgan. Xitoylik hamkorlar bilan yana 700 million dollarlik 40 ta loyiha böyiça işlar ketyapti.

Yangiyer, Guliston va Şirin şaharlari, Sirdaryo, Boyovut, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Xovos hisobidan Sirdaryo erkin sanoat zonasi hududi 1080 gektarga kengaytirildi. Endi bu yerda yuqori qöşilgan qiymat beradigan loyihalar joylaşişi kerak.

Davlat rahbariga köra, viloyat va tuman hokimlari sanoat zonasiga qöşib berilgan ming gektarda kamida 4 milliard dollarlik loyihalarni boşlaşi lozim.

Buning uçun loyihalarning samaradorligini hisob-kitob qilib, investorlarga taqdimot qiliş uçun Sirdaryo, Boyovut, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Xovos tumanlari, Yangiyer, Guliston, Şirin şaharlari hokimlaridan iborat delegatsiyani Xitoyga yuboriş topşirildi.

Xitoyning Sindao şahrida “Xitoy – Şanxay hamkorlik taşkiloti” maxsus iqtisodiy pilot zonasidagi imtiyozlar, ularni qöllaş mexanizmlari, amalga oşirilayotgan loyihalarni puxta örganib, Guliston şahrida kamida 5 ming iş örinli “Özbekiston – Şanxay hamkorlik taşkiloti” savdo-sanoat zonasini taşkil qiliş vazifasi qöyildi. Bu yerdagi obektlar tayyor loyiha sifatida tadbirkorlarga sanoat ipotekasi yoki lizing asosida taqdim etiladi.

Qayd etilişiça, Toşkent şahridan bosqiçma-bosqiç köçirilayotgan sanoat korxonalarining bir qismini Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasiga köçiriş imkoniyati bor.

Şu sabab poytaxtdagi korxonasini Sirdaryoga köçirmoqçi bölgan tadbirkorlar uçun sanoat zonasidagi yerlar soddalaştirilgan tartibda, çegirma bilan taklif etiladi. Ularga 10 milliard sömgaça imtiyozli kredit beriladi. Xomaşyoni temir yöli orqali taşişda arzonlaştirilgan tariflar qöllanadi.