Hindistonga kelgan Putin, Trampning yana bir «ğalabasi» va Ğazoda öldirilgan «Isroilning odami» – kun dayjesti
|21:20 / 05.12.20258 3568 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Putin Hindistonga keldi
4 dekabr kuni Nyu-Dehliga kelgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun Hindiston boş vaziri Narendra Modi bilan muzokaralar ötkazadi.
Moskva esa ön yillardan beri Hindistonning asosiy qurol yetkazib beruvçisi. Ular savdoni 2030 yilga borib 100 milliard dollarga yetkazmoqçi. Putinga safari davomida Mudofaa vaziri ham hamrohlik qilmoqda.
Ikki hind rasmiysi ma’lum qilişiça, Rossiyaning «Suxoy-30» qiruvçi samolyotlari Hindistonning 29 ta qiruvçi eskadronlarining asosiy qismini taşkil etadi. Moskva, şuningdek, özining eng ilğor jangovar samolyoti — Su-57ʼni ham hindlarga taklif qilgan. Bu masala Putin bilan muzokaralarda muhokama qilinadi. Rasmiylar sözlariga köra, Hindiston hali bu samolyotni sotib oliş böyiça qaror çiqarmagan.
Şuningdek, Hindiston ruslarning C-400 havo mudofaasi tizimining qöşimça birliklarini xarid qiliş masalasini kötaradi.
Ukrainadagi uruş boşlangaç, Yevropa davlatlari Rossiyaga bölgan energiya qaramligini kamaytirişga kirişdi. Şundan söng, Hindiston arzonlaştirilgan rus neftini xarid qilişni keskin oşirdi.
Lekin AQŞ sanksiyalari tahdidi ortida bu yönaliş endi kuçini yöqotmoqda. Rasmiylarga köra, şu sababli munosabatlarda faqat mudofaa sohasi qolgan va aynan şu ikki davlatni bir-biriga «boğlab turadi».
«Savdo siyosatida Hindiston dilemmaga duç kelgan: Moskva yoki Vaşington bilan aloqalarni mustahkamlaş yölidagi qadam — boşqa tomon bilan munosabatlarga ziyon yetkaziş xavfini tuğdiradi», deydi tahlilçilar.
Isroil tufayli 4 davlat “Eurovision"ni boykot qildi
4 dekabr kuni Isroilga 2026 yilgi «Eurovision» (Yevrovideniye) qöşiqlar tanlovida iştirok etiş uçun ruxsat berildi.
Jyenevada bölib ötgan yiğilişdan söng Yevropa Teleradioittifoqi Isroil iştiroki böyiça ovozga qöyişga ehtiyoj yöqligini bildirdi. Ular buning örniga hukumatlarning tanlovga aralaşuvini çeklaşga qaratilgan yangi qoidalarni qabul qilgan.
Mavzuga oid
Taşkilotçi bayonotidan söng Niderlandiya, Ispaniya, Irlandiya va Sloveniya telekanallari tanlovdan çiqişini bildirdi. Bu esa — ijroçilari millionlab tomoşabinni jalb etadigan davlatlar musobaqada qatnaşmaydi degani.
Boykot bilan tahdid qilgan telekanallar Ğazodagi ölimlar sonini tilga olib, Isroil — tanlov betarafligini saqlaşga qaratilgan qoidalarni buzganini aytdi.
«Eurovision» böyiça ekspert, şarhlovçisi Ben Robersonning aytişiça, tanlovning obrösi hozir eng past darajaga tuşgan.
Isroil teleradiokompaniyasi KAN rahbari Golan Yoçpaz Isroilni çetlatiş harakatlarini «madaniy boykot» deb atadi.
Avvalroq, «Eurovision» homiylaridan biri bölgan Germaniya – Isroil tanlovdan çetlatilsa, musobaqada iştirok etmaslikni bildirgandi.
Ma’lumotlarga köra, 1956 yildan buyon ötkazib kelinayotgan «Yevrovideniye» tanlovi har yili 160 millionga yaqin tomoşabinga namoyiş etiladi. Tanlov 2026 yil may oyida Vena şahrida ötkaziladi.
AQŞ yana bir kemaga zarba berdi
AQŞ harbiylari payşanba kuni Tinç okeani şarqida giyohvand moddalar taşiyotgani gumon qilingan kemaga zarba berdi. Oqibatda tört nafar erkak öldirildi.
AQŞ Janubiy qömondonligi zarba – uruş vaziri Pit Hegsetning buyruği bilan amalga oşirilganini bildirdi.
AQŞ sentabr oyidan beri Karib dengizi va Şarqiy Tinç okeanida narkotik taşişda gumon qilingan kemalarga kamida 22 ta zarba bergan, natijada 87 kişi öldirilgan.
Ayni vaqtda AQŞda bundan oldingi hujumlardan biri bahsga sabab bölmoqda. Xususan, sentabrda Karib dengizidagi kemaga uyuştirilgan zarbadan keyin omon qolganlar ham Pentagon rahbarining farmoni bilan öldirilganiga doir xabarlar tarqaldi.
Oq uy öşa kemaga ikkinçi zarbani tasdiqladi, biroq Hegset omon qolganlarni öldirişni buyurganini inkor etdi. Rasmiylar vazir – «öz vakolatlari va qonun doirasida» harakat qilganini aytmoqda.
Ğazodagi Hamasga qarşi guruh yetakçisi öldirildi
Ğazoda Hamasga qarşi qurollantirilgan jangarilar yetakçisi Yasir Abu Şabab 4 dekabr kuni öldirilgan. Reutersʼning yozişiça, bu Hamasga qarşi mahalliy klanlarni qöllayotgan Isroil sa’y-harakatlariga zarba sifatida baholanmoqda.
Ma’lumotlarga köra, Şabab oilaviy mojaro vaqtida öq jarohatidan halok bölgan. Uni Hamas öldirgani haqidagi xabarlar — Şababning guruhi tomonidan «çalğituvçi» deb rad etildi.
Yasir Abu Şabab — Ğazoning janubida, Isroil nazoratidagi Rafahda joylaşgan badaviy qabilasi yetakçisi. U ikki yildan ortiq davom etayotgan uruşda Isroildan qurol va ta’minot olgani aytiladi.
Abu Şababning ölimi haqidagi dastlabki xabarlar Isroil OAVlari, jumladan, davlat teleradiokompaniyasi tomonidan xavfsizlik manbalariga tayangan holda tarqatilgan. Hatto Şabab Isroilga olib kelib davolangani haqida ham ma’lumotlar paydo böldi.
Boş vazir Binyamin Netanyahu iyun oyida Ğazoda Hamasga qarşi klanlarni qurollantirganini tan olgan, biroq hukumat bundan boşqa tafsilotlarni deyarli oçiqlamagan. Abu Şababning guruhi esa Isroil tomonidan moliyalaştirilganini rad etgan.
Hamas va Isroil AQŞ vositaçiligida sulhga kelişganidan beri, Abu Şabab guruhlari Isroil kuçlari nazoratidagi hududlarda faoliyatni davom ettirayotgandi. Sulh davrida eng keskin töqnaşuvlar aynan Rafahda kuzatilgan.
Tramp uçun yana bir «ğalaba»
4 dekabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Kongo va Ruanda yetakçilarini tinçlik kelişuvini imzolaş uçun Vaşingtonga jamladi.
Ruanda prezidenti Pol Kagame va Kongo prezidenti Feliks Tşisekedi ötgan oyda tuzilgan iqtisodiy integratsiya kelişuvini hamda AQŞ vositaçiligida erişilgan tinçlik bitimini tasdiqlaşdi.
Bu imzolaş marosimi Trampga — diplomatik «ğalabalar»dan yana birini taqdim etdi.
«Biz ön yillardan beri davom etayotgan uruşni tugatyapmiz. Ular uzoq vaqt bir-birlarini öldiriş bilan band bölişdi, endi esa vaqtlarini bir-birini qöllaşga sarflaydi», dedi Tramp.
Reutersʼning yozişiça, ammo hozir ham öşa davlatlarda qon tökilişi davom etmoqda. Xususan, imzolaş paytida Ruanda qöllab-quvvatlayotgan M23 qözğolonçilari va Kongo armiyasi örtasida töqnaşuvlar haqida xabarlar kelib tuşgan. M23 vakili hukumat qöşinlarini tinç aholiga bomba taşlaşda aybladi.
Tahlilçilarga köra, AQŞ diplomatiyasi janglarning kengayişini vaqtinça töxtatgan, ammo asosiy muammolarni hal qila olmagan. Vaşington esa Kongodagi tabiiy resurslarga keng yöl oçişni va strategik xomaşyo böyiça Xitoy ustunligiga qarşi çoralar topişni istaydi.
M23 guruhi delegatsiyasi Vaşingtondagi uçraşuvlarga çaqirilmagan. Ular Kongo–Ruanda kelişuvi şartlariga boğlanmaydi va alohida ravişda Qatar vositaçiligidagi muzokaralarda iştirok etmoqda.
Mintaqada 1996–2003 yillarda yuz bergan uruşlar millionlab odamlarning ölimiga sabab bölgandi. Sönggi yillardagi tölqinlar esa minglab odamlarni öldirib, yuz minglab kişilarning uy-joyidan ayrilişiga olib keldi.