Gordon Murray S1 LM superkari auksionda 20,63 million dollarga sotildi. Bu xayriya lotlarini hisobga olmaganda, yangi avtomobil uçun rekord narx. Sotuv Las-Vegasda Formula-1 Gran-prisi paytida amfAR jamğarmasi tadbirida bölib ötdi.

Xaridorning ismi-şarifi keltirilmadi, u nafaqat avtomobilning özini, balki yakuniy test-drayvlarda iştirok etiş va maşinani sozlaş böyiça öz fikr-mulohazalarini bildiriş imkoniyatiga ham ega böldi. Bundan taşqari, u birinçi eskizlardan tortib yiğişgaça bölgan jarayon aks etgan 500 sahifali albomga ega böldi. Bunday superkarlarning atigi beştasi işlab çiqarilgan bölib, sotilgan nusxasi seriyadagi sönggisi hisoblanadi. Dizayn 1995 yilda Le-Man poygasida ğalaba qozongan afsonaviy McLaren F1 GTP superkaridan ilhomlangan.

S1 LM kapoti ostida Cosworth tomonidan yaratilgan 710 ot kuçiga ega 4,3 litrli, atmosferali V12 dvigateli örnatilgan. 81 foiz tortiş kuçi past tezlikda mavjud bölib, dvigatel olti poğonali mexanik uzatmalar qutisi bilan işlaydi. Kuzov öta yengil ugleplastik panellardan yasalgan, avtomobilning oğirligi atigi 957 kg.

Salon britaniyalik injyener va dizayner Gordon Myurreyning öziga xos sxemasi böyiça - markaziy haydovçi örindiği bilan işlab çiqilgan.