Germaniya federal kansleri Fridrix Mers Yevroittifoq (YeI)da muzlatilgan Rossiya aktivlarini AQŞga topşiriş variantni rad etdi. OAV ma’lumotlariga köra, bu masala Ukraina böyiça prezident Donald Tramp ilgari surgan tinçlik muzokaralari doirasida muhokama qilingan. Bu haqda payşanba, 4 dekabr kuni Reuters agentligi xabar berdi.
«Bu pullar Ukrainaga borişi kerak», — dedi Mers. U Ukrainaga qiş faslini yengib ötişda yordam beriş va, ehtimol, kelgusi 2–3 yil mobaynida ham unga moliyaviy qöllab-quvvatlov körsatiş zarurligini ta’kidladi. «Bunday yordam uçun bizga mablağlar kerak. <...> Bu — Yevropa içidagi masala, va men özimiz jalb etgan mablağlarni AQŞga ötkazişning heç qanday iqtisodiy imkonini körmayapman. AQŞ hukumati ham bundan xabardor», — dedi kansler.
Mersning sözlariga qaraganda, Vaşingtondagi ayrim şaxslar Ukrainadagi uruşni ehtimoliy tarzda hal etişdan «ma’lum iqtisodiy foyda olişni» istamoqda. «Bu qonuniy, lekin bu — biz Yevropada yaqin kunlarda birgalikda boşlaydigan taşabbusning maqsadi emas», — deya qöşimça qildi u.
Avvalroq ma’lum bölişiça, Germaniya kansleri 5 dekabrga möljallangan Norvegiyaga safarini keçiktirib, şu kuni Belgiya boş vaziri Bart de Vever bilan uçraşişga qaror qilgan. Uçraşuv keçki ovqat formatida ötadi, unda Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen ham iştirok etadi.
AFP agentligining Germaniya hukumatidagi manbalariga tayanib xabar berişiça, Mersning şoşilinç taşrifi mavzusi — Yevrokomissiya taklif etgan Ukrainaga reparatsiya krediti beriş uçun muzlatilgan Rossiya aktivlarining bir qismidan foydalaniş masalasi böladi.
Rossiyaning bloklangan mablağlari katta qismi (taxminan 189 milliard yevro) saqlanayotgan Belgiya Yevrokomissiya rejasini rad etgan, Yevropa Markaziy banki ham uni qöllab-quvvatlamagan. Şu bilan birga, Germaniya va YeIning köpçilik davlatlari bu ğoyani ma’qullagan. YeI rahbariyati Ukraina uçun reparatsiya krediti böyiça kelişuvga yil oxirigaça erişişga umid qilmoqda.












