Ayni vaqtda Qamchiq dovonining yuqori nuqtalarida maydalab yomg‘ir va qor yog‘ishi davom etmoqda. Dovonda qor yog‘ishi munosabati bilan yo‘llarda xavfsiz harakatni ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan dovon hududida nazorat tadbirlari olib borilmoqda, yo‘lda qolib ketgan haydovchilar va ularning avtotransport vositalariga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Hozircha dovon orqali ikki tomonlama avtomobillar harakati davom etmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanish chog‘ida haydovchilardan barcha xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etishni, holatdan kelib chiqib, ehtiyotkorlik bilan harakatlanishni so‘ragan.