Uşbu taşabbus Özbekiston iqtisodiy ösişining muhim omillaridan biri bölgan kiçik biznesni rivojlantirişga qaratilgan. Mazkur hamkorlik TBC Bankʼning kiçik va örta biznesni rivojlantiriş, moliya sektorida tadbirkorlikning rolini kuçaytiriş hamda mamlakatning barça hududlarida iqtisodiy faollikni oşirişga qaratilgan uzoq muddatli strategiyasining muhim yönalişlaridan biridir.

“Tadbirkorlikni rivojlantiriş — iqtisodiy ösişni ta’minlaydigan asosiy omillardan biridir. Biz uçun kiçik biznes öz vaqtida, tuşunarli va qulay moliyaviy mablağga ega bölişi uçun zarur şaroitlarni yaratiş muhim. Oasis Credit bilan hamkorlik qamrovimizni kengaytirişga, faoliyatimizni yanada keng miqyosda olib borişga hamda mamlakatning barça hududlaridagi tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi”, — dedi TBC Bank boş direktori Spartak Tetraşvili.

“TBC Bank tomonidan ajratilgan moliyaviy resurslar kompaniyamiz uçun mahalliy bozorda milliy valutadagi ilk moliyalaştiriş hisoblanadi. Bundan oldin biz asosan xorijiy moliyaviy manbalardan foydalanib kelganmiz. Mahalliy banklar bilan yölga qöyilgan hamkorlik Özbekiston moliya institutlari bilan yanada yaqin va samarali aloqalarni rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar oçadi. Jalb etilgan resurslar kredit portfelimizning 95 foizdan ortiğini taşkil etuvçi kiçik va mikrobiznesni qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladi”, — dedi Oasis Credit boş direktori Mahmudali Guseynov.

Oasis Credit Uzbekistan kabi mikromoliya taşkilotlari bilan hamkorlik TBC Bankʼning tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş böyiça tizimli faoliyatini töldiradi. Avvalroq 2025 yilda bank ayollar tadbirkorligini rivojlantiriş dasturlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida Triple Jumpʼdan, şuningdek kiçik va örta biznes uçun mahsulotlar qatorini kengaytiriş yönalişida BlueOrçardʼdan mablağ jalb qilgan.

2024 yil dekabr oyida TBC Bank tadbirkorlar uçun bank va unga boğliq barça moliyaviy operatsiyalarni töliq onlayn boşqariş imkonini beruvçi TBC Business platformasini işga tuşirdi. Platforma qulay va tezkor tranzaksion xizmatlarni taklif etadi. Işga tuşganidan beri mahsulot jadal rivojlanmoqda: bugungi kunda 6 000 dan ortiq hisobraqamlari oçilgan. Şu bilan birga, tadbirkorlar orasida bank mahsulotlariga bölgan talab ham ortmoqda, bu esa 2025 yilning uçinçi çoragida biznes kreditlari portfelining ösişi bilan tasdiqlanmoqda. TBC Business doirasida moliyalaştiriş yönalişini rivojlantiriş orqali bank kiçik va örta biznes segmentida yetarliça qamrab olinmagan böşliqni bosqiçma-bosqiç töldirmoqda hamda TBC ekotizimidagi mijozlar iştirokini kuçaytirmoqda.

TBC Bank haqida

TBC Bank — Özbekistonning yetakçi banklaridan biri bölib, jismoniy va yuridik şaxslar uçun keng turdagi raqamli moliyaviy xizmatlarni taklif etadi. Bank xizmat körsatişning raqamli kanallarini faol rivojlantirib, operatsiyalarning şaffofligiga, xalqaro xavfsizlik standartlariga va xizmatlar sifatiga alohida e’tibor qaratadi. Bank mijozlarining moliyaviy hayotini yanada qulay va oson qilişni öziga maqsad qilgan.