Yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş, transport infratuzilmasini yaxşilaş va tirbandliklarni kamaytiriş böyiça 2025 yil 9 iyul kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida berilgan topşiriqlar ijrosi doirasida Toşkent viloyatining yondoş hududlarini poytaxt bilan boğlaş işlari davom etmoqda.

Şu munosabat bilan, 2025 yil 4 dekabrdan boşlab 115-sonli «ToşGRES ma’muriy binosi — Gulobod köçasi» avtobus yönalişining qatnov yöli yangilanib, ToşGRES ma’muriy binosidan Ğişt zavod bekatigaça uzaytirildi.
«Toşşahartransxizmat» AJ axborot xizmatining ma’lum qilişiça, 115-sonli avtobuslar harakat vaqti 05:00 dan 23:15 gaça etib belgilangan. Yangilangan yönaliş yölovçilar uçun qulaylik yaratiş va jamoat transportidan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.











