Özbekiston TIV rahbari özining Telegram-kanalida uşbu uçraşuv haqida fikr bildirib, yangi formatning ahamiyatini qayd etdi.
– “Markaziy Osiyo – Şimoliy Yevropa” yangi formatidagi ilk uçraşuvni ötkazişdan mamnunmiz. Uşbu muloqot joriy yil Samarqandda bölib ötgan va hamkorligimizni strategik şeriklik darajasiga kötargan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti natijalarining mantiqiy davomi sifatida taşkil etildi, – dedi Baxtiyor Saidov.
Uning ta’kidlaşiça, har ikki mintaqaning – Markaziy Osiyo va Şimoliy Yevropaning – özaro hamkorlikni çuqurlaştiriş uçun ulkan, hali töliq işga solinmagan salohiyat mavjud.
– Hamkorligimizni kengaytiriş va uni aniq, istiqbolga yönaltirilgan taşabbuslar bilan boyitiş vaqti keldi, deb hisoblaymiz, – deya qöşimça qildi Özbekiston taşqi işlar vaziri.
Uçraşuvda Şimoliy Yevropa mamlakatlari – Islandiya, Daniya, Norvegiya, Şvetsiya va Finlandiya taşqi işlar vazirlari iştirok etdi. Tomonlar siyosiy muloqotni yanada faollaştiriş, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş, barqaror rivojlaniş, “yaşil” energetika, qişloq xöjaligi, ta’lim, inson kapitalini rivojlantiriş va mintaqaviy xavfsizlik masalalari yuzasidan atrofliça fikr almaşdi.
Muloqot yangi formatdagi hamkorlikni institutsionallaştiriş va kelgusi bosqiçda qöşma loyihalarni amalga oşiriş uçun muhim siyosiy maydon sifatida baholanmoqda.

















