AQŞ ayrim Yevropa Ittifoqi mamlakatlarini Yevrokomissiyaning muzlatilgan Rossiya aktivlari bir qismini Ukrainaga reparatsion kredit sifatida beriş rejasiga qarşi çiqişga köndirişga harakat qilmoqda. Bu haqda juma kuni, 5 dekabrda, vaziyatdan xabardor yevropalik diplomatlarning sözlariga tayanib Bloomberg agentligi xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga köra, amerikalik rasmiylar bir qator Yevropa davlatlari vakillariga uşbu aktivlar Moskva va Kiyev örtasida potensial tinçlik kelişuvini tuziş uçun kerak bölişini, şuning uçun ularni uruşni davom ettiriş maqsadida işlatib bölmasligini aytgan.
Noyabr oyi oxirida xuddi şu pozitsiyani Belgiya boş vaziri Bart de Vever ham ilgari surgan edi. Uning ta’kidlaşiça, Yevroittifoq rejasi bölajak tinçlik kelişuviga oid imkoniyatlarni xavf ostiga qöyişi mumkin.
Bloomberg qaysi aniq YeI mamlakatlari nazarda tutilganini oçiqlamadi. AQŞ Davlat departamenti matbuot xizmati agentlikning izoh haqidagi söroviga javob bermagan.
OAV ma’lumotlariga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp ilgari surayotgan Ukraina böyiça tinçlik muzokaralari doirasida YeIda muzlatilgan Rossiya aktivlarini Qöşma Ştatlarga ötkaziş masalasi ham muhokama qilingan. Germaniya kansleri Fridrix Mers bu taklifga qarşi çiqdi, uni “içki masala” deb atadi va uşbu mablağlarni AQŞga ötkaziş uçun “heç qanday iqtisodiy imkoniyat” yöqligini ta’kidladi.
Mers 5 dekabr kuniga rejalaştirilgan Norvegiya safarini keçiktirib, şu kuni Belgiya boş vaziri de Vever bilan uçraşdi, de Vever Rossiya Markaziy banki aktivlarini Kiyevga kredit beriş uçun işlatiş rejasiga qarşi çiqmoqda. Uçraşuv xususiy keçki ovqat formatida ötdi, unda Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen ham iştirok etdi.
Hududida Rossiyaning muzlatilgan mablağlari asosiy qismi (taqriban 189 mlrd yevro) saqlanayotgan davlat sifatida Belgiyadan taşqari Yevrokomissiya rejasini Vengriya va Yevropa Markaziy banki ham rad etmoqda.












