Vengriya Ukrainaga kömaklaşiş maqsadida yevroobligatsiyalar çiqariş imkoniyatini rasman inkor etdi. Bu qadam Yevroittifoqni ehtimoliy “B reja”dan mahrum qiladi: agar YeI Kiyevga 165 milliard yevro miqdorida kredit ajratiş uçun muzlatilgan Rossiya davlat aktivlaridan foydalanişning huquqiy usulini topa olmasa, aynan şu variant zaxira yöl bölişi mumkin edi. Bu haqda juma kuni, 5 dekabr kuni, Politico naşri Yevropa diplomatlari orasidagi manbalarga tayanib xabar berdi.

Naşr ma’lumotlariga köra, Budapeştning yetti yillik YeI budjeti bilan ta’minlanadigan, 90 milliard yevro miqdordagi qöşma yevroobligatsiyalar çiqariş ğoyasidan voz keçgani Germaniya kansleri Fridrix Mers va Belgiya boş vaziri Bart de Vever örtasida Bryusselda keçki ovqatda bölib ötgan uçraşuvdan atigi bir neça soat oldin ma’lum bölgan. Uşbu uçraşuvda aynan kredit masalasini muhokama qiliş rejalaştirilgan edi.

“Men Belgiya boş vazirining xavotirlari va e’tirozlarini juda jiddiy qabul qilaman, — dedi Mers keçki uçraşuv arafasida jurnalistlarga. — Men uni fikridan qaytarişni emas, balki biz taklif qilayotgan yölning töğriligiga işontirişni xohlayman”. Kansler şu maqsadda rejalaştirilgan Norvegiya safarini bekor qildi.

Diplomatik doiralardagi ikki manbaning Politico’ga ma’lum qilişiça, yevroobligatsiyalar Ukraina uçun moliyalaşning muqobil manbaiga aylanişi mumkin edi. Berlin taklifiga köra, Belgiyani muzlatilgan Rossiya mablağlarini Ukrainaga ötkazişga köndiriş maqsadida YeI mablağlarining 25 foizi miqdorida kafolat beriş nazarda tutilmoqda. Biroq naşr eslatişiça, de Vever Belgiya butun summaga yoki undan ham köproq miqdorga töliq suğurtalanişiga oid YeIning kengroq kafolatlarini talab qilmoqda.

3 dekabr kuni Yevrokomissiya Ukraina budjetiga 2026 yil apreligaça qöşimça mablağ kiritişni kafolatlaş uçun aktivlar bilan ta’minlangan variantlardan biri sifatida yevroobligatsiyalar çiqarişni taklif etdi. Rossiya tajovuziga qarşi kuraşayotgan Ukrainani qöllab-quvvatlaş maqsadida YeI budjeti hisobidan qöşimça qarz oliş uçun esa 27 ta a’zo davlatning barçasi tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaror talab etiladi.

AQŞ rasmiylari Yevrokomissiyaning muzlatilgan Rossiya aktivlarining bir qismini Ukrainaga reparatsion kredit beriş uçun foydalaniş rejasiga qarşi çiqişga bir qator YeI davlatlarini köndirişga harakat qilmoqda. Bu haqda 5 dekabr kuni Bloomberg agentligi vaziyatdan xabardor Yevropa diplomatlarining sözlariga tayanib xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga köra, AQŞ rasmiylari bir qator Yevropa mamlakatlari vakillariga uşbu aktivlar Moskva va Kiyev örtasida ehtimoliy tinçlik kelişuvini tuziş uçun zarur bölişini, şuning uçun ularni uruşni davom ettiriş uçun işlatib bölmasligini aytgan. Noyabr oyi oxirida xuddi şu argumentni Belgiya boş vaziri ham keltirgan: uning sözlariga köra, Yevroittifoq rejasi potensial tinçlik kelişuvi imkoniyatlarini xavf ostiga qöyişi mumkin.