Azmiddin Sadriddinov 1936 yil 26 iyunda Toşkent şahrida ziyoli oilada tuğilgan. U Toşkent yengil sanoat institutida muhandis-mexanik mutaxassisligi böyiça ta’lim olgan, mehnat faoliyatini Örta Osiyo politexnika instituti (hozirgi Toşkent davlat texnika universiteti)da katta laborant sifatida boşlagan. Keyinçalik aspiranturada tahsil olib, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.
Iste’dodli olim uzoq yillar davomida Toşkent davlat texnika universitetida katta öqituvçi, dotsent, fakultet dekani, birinçi prorektor va professor lavozimlarida samarali faoliyat yuritdi. Şu bilan birga, Qişloq xöjaligi ilmiy-işlab çiqariş markazining Toşkent viloyati bölimi rahbari sifatida agrar sohani zamonaviy mexanizatsiyalaştirişga doir ilmiy işlanmalarni amaliyotga joriy etişga hissa qöşdi.
Sadriddinov 65 yildan ziyod ilmiy-pedagogik faoliyati davomida paxta teriş maşinalarini takomillaştiriş böyiça muhim tadqiqotlar olib bordi, önlab maqolalar, risolalar, monografiyalar va metodik qöllanmalar muallifi hisoblanadi. U rahbarlik qilgan 40 dan ziyod ilmiy loyihalar, davlat grantlari va şartnomaviy işlar qişloq xöjaligi texnikasi va texnologiyalarini yangilaşda muhim ahamiyat kasb etgan.
Olim köplab şogirdlar tayyorladi, uning rahbarligida önlab nomzodlik va beşta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Azmiddin Sadriddinovning qişloq xöjaligi maşinasozligini rivojlantiriş yölidagi xizmatlari “Özbekistonda xizmat körsatgan qişloq xöjalik mexanizatori” faxriy unvoni, “Döstlik” va “Mehnat şuhrati” ordenlari bilan munosib taqdirlangan.








