AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati yangi milliy xavfsizlik strategiyasini işlab çiqdi. 33 betdan iborat uşbu hujjat juma kuni, 5 dekabr kuni, Oq uy saytida e’lon qilindi. U 2022 yilda sobiq prezident Jo Bayden tomonidan ma’qullangan strategiyani almaştiradi.
“Qöşma Ştatlar kelgusi ön yilliklarda ham dunyodagi eng kuçli, eng boy, eng qudratli va eng muvaffaqiyatli davlat bölib qolişi uçun, mamlakatimizga taşqi dunyo bilan munosabatlarda izçil, aniq maqsadga yönaltirilgan strategiya kerak”, — deyiladi hujjatda.
AQŞning yangi milliy xavfsizlik strategiyasi America First (“Avvalo Amerika”) konsepsiyasi asosida qurilgan. Unda milliy manfaatlarga kattaroq urğu beriş va dunyo böylab harbiy iştirokni kamaytiriş közda tutilgan. “Biz qilgan har bir işimizda Amerikani birinçi öringa qöyamiz”, — deb yozadi Tramp strategiya muqaddimasida.
Yevropaga oid Amerika siyosatini bayon qiluvçi bölimda Ukrainadagi uruşni tugatiş birinçi öringa qöyiladi. “Rossiyaning Ukrainadagi uruşi natijasida Yevropaning Rossiya bilan munosabatlari hozirda jiddiy ravişda zaiflaşgan va köplab yevropaliklar Rossiyani ekzistensial tahdid sifatida körmoqda, — deyiladi strategiyaning “Yevropa uluğvorligini ilgari suriş” deb nomlangan bobida. — Yevropaning Rossiya bilan munosabatlarini boşqariş uçun AQŞ tomonidan katta diplomatik faollik talab etiladi — ham Yevrosiyo qit’asida strategik barqarorlik şaroitlarini tiklaş, ham Rossiya va Yevropa davlatlari örtasida mojaro kelib çiqişi xavfini pasaytiriş maqsadida”.
AQŞ Ukrainaning “harbiy harakatlarni tezroq töxtatiş böyiça muzokaralar olib borişi”ni özining “asosiy manfaatlaridan biri” deb ataydi. Buning maqsadi “Yevropa iqtisodiyotini barqarorlaştiriş, uruşning kutilmagan tarzda keskinlaşuvi yoki kengayişini oldini oliş, Rossiya bilan munosabatlarda strategik barqarorlikni tiklaş, şuningdek Ukraina uruşdan keyin tiklanişini ta’minlaş”dan iborat ekani qayd etiladi.
Hujjatda Ukrainadagi uruş Yevropa davlatlarini tanqid qiliş uçun ham misol sifatida keltiriladi. Unda aytilişiça, AQŞ prezidenti ma’muriyati “Yevropadagi rasmiylar bilan qarama-qarşilik holatida”, çunki ular “uruşga nisbatan reallikka töğri kelmaydigan kutilmalarni saqlab turibdi”. “Yevropaliklarning katta qismi tinçlikni istaydi, ammo bu istak siyosatga aylanmayapti, bunga köp jihatdan hukumatlarning demokratik jarayonlarni zaiflaştirişi sabab bölmoqda”, — deyiladi hujjatda.
Vaşington Yevropaning öz mudofaasi uçun mas’uliyatni Yevropa zimmasiga ötkazişni, Rossiya bilan munosabatlarni barqarorlaştirişni va NATOni yanada kengaytirişdan voz keçişni istaydi. Strategiyada aytilişiça, Qöşma Ştatlar Yevropaga “özining hozirgi trayektoriyasini töğrilaşiga” yordam berişi lozim.












