AQŞning yangi milliy xavfsizlik strategiyasi juma kuni, 5 dekabr naşr etilganidan söng, Germaniya va boşqa Yevropa davlatlari tomonidan keskin tanqidga uçradi, deb yozadi dpa agentligi. Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful Vaşingtonning Yevropada söz erkinligiga oid tanqidiy mulohazalarini şarhlar ekan, “kimdir bizga maslahat berişi kerak, deb hisoblamayman”, deb bildirdi. Şu bilan birga, vazir AQŞ NATO doirasida Germaniya uçun eng muhim ittifoqçi bölib kelgani va şunday bölib qolişini ta’kidladi.
Germaniyada faqat ijroiya, qonun çiqaruvçi va sud hokimiyati davlat organlarigina emas, “balki, haqli ravişda, erkin OAV ham mavjud”, dedi Vadeful Berlinda islandiyalik hamkasbi Torgerdur Katrin Gunnarsdouttir bilan ötkazilgan matbuot anjumanida. U Berlin bu masalaga “juda katta ahamiyat” qaratayotganini qayd etdi. “Biz şu paytgaça GFR içida bu masalalarning barçasini yaxşi muhokama qila olganimizdan mamnunmiz va minnatdormiz, — deya qöşimça qildi TIV rahbari. — Va biz kelgusida ham bu masalalarning barçasini begona yordamsiz, mustaqil tarzda muhokama qilişimiz va hal etişimiz mumkin, deb hisoblaymiz”.
Germaniya hukumatining transatlantik munosabatlar böyiça koordinatori Metin Xakverdi ham mamlakat içki işlariga aralaşmaslikka çaqirdi. U dpa agentligiga bergan izohida Yevropaning “iqtisodiy va harbiy jihatdan kuçliroq va yanada suveren bölişi kerak”ligini tan oldi. “Biz bu yönalişda jiddiy iş olib boryapmiz”, — dedi u. Siyosatçi şuni ham qöşimça qildiki, Yevropa davlatlari AQŞ bilan “yaxşi” hamkorlik qiladi, ammo “kim bölişidan qat’i nazar, içki siyosatga aralaşuvni qabul qilmaymiz”.
Yevrokomissiya ham Amerika strategiyasida Yevropa Ittifoqiga nisbatan bildirilgan ayblovlarni keskin rad etdi. Jurnalistlar savoliga javob berar ekan, Yevrokomissiya vakili Paula Pino YeI “siyosiy erkinlik va suverenitetni buzadigan, öz migratsiya siyosati orqali qit’aga zarar yetkazadigan va söz erkinligiga tösqinlik qiladigan institut hisoblanadimi-yöqmi”, degan savolga qat’iy “yöq” deb javob berdi.
Şu bilan birga, u AQŞning yangi milliy xavfsizlik strategiyasini şarhlaşdan tiyildi. “Biz hali uni körib çiqiş va unga baho berişga ulgurmadik, şu sababli hozirça u haqida heç qanday izoh bera olmaymiz”, — deya Pinoning sözlarini keltiradi dpa agentligi.
Özining yangi strategiyasida AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida “jiddiy muammolar” mavjudligiga nisbatan taşviş bildirgan. Hujjatda ta’kidlanişiça, ayrim YeI davlatlarida hokimiyat söz erkinligini va siyosiy muxolifatni bostirayotgani aytilgan. Şuningdek, Yevropa rasmiylarining Ukrainadagi uruş natijasiga oid “reallikka töğri kelmaydigan kutilmalari” borligi qayd etilgan. “Köpçilik yevropaliklar tinçlikni istaydi, ammo bu intiliş siyosatda öz aksini topmayapti, buning sababi, köp jihatdan, hukumatlar demokratik jarayonni izdan çiqarayotganidandir”, — deyiladi hujjatda.












