Assalomu alaykum, azizlar. Bugun 7 dekabr, yakşanba. Ertaga bayram, bundan 33 yil avval Özbekiston konstitutsiyasi qabul qilingan. Aksar özbekistonliklar uçun 8 dekabr şunçaki dam oliş kuni, agar bu kun duşanbaga töğri kelib qolsa, yana yaxşi — ketma-ket uç kun dam oliş kuni. Maktablarda, oliygohlarda nomiga tadbir ötkaziladi, böldi, şu bilan konstitutsiya degan söz keyingi yil 8 dekabrgaça unutiladi...

Jamiyat qonunga qanday munosabatda bölsa, xuddi şunday javob oladi. Bilaman, hozir köpçiligingiz «Qonun işlaydimi özi?», deyapsiz. Işlaydi, amal qilsa, doim işlaydi. Endi «Falonça, pistonçilar amal qilmayapti-ku» deyapsiz, lekin biz fuqarolik jamiyati qurmoqçi bölsak, qonunga avvalo özimiz amal qilişimiz kerak.

Inson jamiyatni nazorat qiladigan qonundan yaxşiroq heç nima öylab topmagan. Dunyoda ming xil odam bor, hammaning dunyoqaraşi, qadriyatlari har qanaqa. Xilma-xil insonlar bir jamiyatda muammosiz yaşaşini ta’minlaydigan qadriyat bu — qonun.

Qonun haqida doim öylaş kerak: kamerasiz svetoforda qizilga ötayotganda, «elektroset»dagi taniş orqali öğrinça liniya tortib yoqayotganda, öziga tinç bölaturib tanişi orqali hujjat qilib kambağallarga beriladigan bola pulini olayotganda, asfalt uçun ajratilgan pulni «tuya qilayotganda». Qaçon oxirgi marta qilayotgan işim qonunga xilof emasmikin deb öylab kördingiz? Ha, azizlar, jamiyat özgarişi uçun avvalo özimiz özgarişimiz kerak. Bayram muborak, qonunlarimiz çinakamiga işlasin, hamma uçun işlasin, hamma lavozimdagilar uçun işlasin. Biz odatdagidek haftaning muhim voqealarini birgalikda eslaymiz.

Qur’a: Özbekiston «hayot guruhi»da

Juma kuni tunda 2026 yilgi futbol böyiça jahon çemoionati guruh bosqiçiga qur’a taşlaş marosimi ötkazildi. Futbolga qiziqmaydiganlar uçun qisqaça ma’lumot: keyingi yil jahon çempionati AQŞ, Kanada va Meksika maydonlarida ötkaziladi. Bu gal ilk marta mundialda 32 ta emas, 48 ta jamoa qatnaşadi. Ular orasida Özbekiston ham bor. Vaşingtonda ötgan marosimda hozirgaça yöllanmani qölga kiritgan jamoalar bölajak raqiblarini bilib oldi.

Özbekiston «K» guruhidan örin oldi. Bizning raqiblarimiz Portugaliya va Kolumbiya. Kongo, Yamayka yoki Yangi Kaledoniya (kim saralaşdan ötsa) davlatlaridan biri guruhdagi törtinçi jamoa böladi. Özbekiston musobaqani Kriştianu Ronaldu boşçilik Portugaliyaga qarşi öyin bilan boşlaydi.

Yangi formatga köra, 12 ta guruhdagi ikkitadan jamoa pley-offga çiqadi. Şuningdek, uçinçi örindagilar orasida eng yaxşi sakkiztasi ham 1/16 finalga çiqadi. Şunday ekan, Özbekistonning guruhdan çiqiş imkoniyatlari yomon emas deb öylayman. Futbolda «ölim guruhi» degan tuşunça bor. Bunday guruhlarda ikkitadan ortiq teng kuçli jamoalar böladi. Bu borada Özbekiston «hayot guruhi»ga tuşdi desak böladi.