«Arsenal»da alamli mağlubiyat, «Barsa» öyinida gollar şousi. Kun öyinlari
|15:09 / 07.12.202517 14415 min
«Siti» «Arsenal»ga yetib olmoqda, «Liverpul» ikki gol ustunligini saqlab qololmadi. Şanba oqşomida Yevropa futbolida röy bergan asosiy voqealar, öyinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.
«Arsenal» yozdan beri yutqazmay kelayotgandi, ammo bu turda jamoani Birminghemga qiyin safar kutatgandi. «Aston Villa» hozirda yuqori sport formasida, jamoa boş murabbiyi Unai Emerining esa sobiq jamoasi «kanonirlar» bilan öz hisob-kitobi bor. Mehmonlar öyinni birinçi raqamda boşladi va xavfli vaziyatlar yaratdi, epizodlardan birida Emiliano Martines bor mahoratini işga solişiga töğri keldi, yana bir vaziyatda esa londonliklarning goli ofsayd tufayli bekor qildi. Ammo bu vaziyatlardan çiqib olgan mezbonlar hisobni oçişdi. Çap qanot himoyaçisi qarama-qarşi qanotga uzatma berdi, öng qanotda böş qoldirilgan himoyaçi Keş töpni Rayyaning oyoqlari orasidan ötkazdi.
Ikkinçi bölim «Arsenal»dagi özgarişlar bilan boşlandi. Merino va Eze örniga Yokereş hamda Trossar maydonga tuşişdi. Bu mehmonlar hujumiga impuls qöşdi. Ikki futbolçida ham ketma-ket vaziyatlar yuzaga keldi va aynan belgiyalik vinger 59-daqiqada hisobni tenglaştirdi. Bu Trossar uçun APLdagi 50-golga aylandi, u joriy mavsumda «gol+pas» böyiça 6+5 körsatkiçini qayd etmoqda – bu esa rotatsiya futbolçisi uçun yomon natija emas.
«Arsenal» yana taşabbusni qölga oldi va raqibni uzil-kesil taslim qilişga harakat qildi, ammo «Villa» yana raqib bosimidan çiqib keta oldi. Avvaliga Malen qulay vaziyatda aniq zarba bera olmadi, öyinga qöşib berilgan daqiqalar tugayotganida esa mehmonlar himoyaçilari töpni jarima maydonidan uzoqlaştira olmadi va zaxiradan tuşganiga köp bölmagan Buendiya ğalaba golini urib ketdi – 2:1.
Bu «kanonirlar» uçun Mikel Arteta davrida «Villa»dan oltinçi mağlubiyat böldi. Jamoa uçun APLda bundan qiyinroq raqib faqat «Mançester Siti» (7 mağlubiyat). Şunday ekan, şanba kungi öyin natijasini sensatsiya deb bölmaydi. Mavsum startidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin (ğalabasiz tört öyin) «Villa» öz öyinini topib oldi va kuçli uçlikka mustahkam örnaşib oldi (birinçi örin bilan farq atigi 3 oçko).
«Arsenal»ning mağlubiyati esa «Siti»ga qöl keldi. «Etihad»da mehmon bölgan «Sanderlend» öz darvozasiga töğri borgan dastlabki ikki zarbadan ikki gol ötkazib yubordi. Avvaliga Ruben Diaş jarima maydoni taşqarisidan olis burçakni aniq nişonga oldi, bir neça daqiqa ötib Gvardiol Foden burçakdan oşirgan töpni boşda darvozaga yölladi. Lekin bu mavsumda «Siti» bir neça bor 2:0 hisobida oldinda borgan öyinlarida ustunlikni qöldan boy bergandi va muxlislar hali xotirjamlikka berila olmasdi.
Oldingi dam oliş kunlarida ham «Lids»ga qarşi öyinda ikki töp farqi yöqqa çiqqan, faqat qöşimça daqiqalarda ğalaba goli urib ketilgandi (3:2), hafta örtasida esa «Siti» «Fulhem» bilan öyinda tört gol farqini boy berişiga sal qolgandi (5:4). Şanba kuni ham ikkinçi bölim boşida mehmonlar hujumkorlikni oşirganida, «şaharliklar» muxlislari hayajonda ötirişiga töğri keldi. Donnarumma Izidor bilan yakkama-yakka vaziyatda qutqardi, Jakaning jarima zarbasidan keyin töp ustunga tegdi. Holand esa maydonni golsiz tark etişiga töğri keldi, ikkinçi bölimda uning zarbasidan keyin Gertrayda töpni çiziq ustida töxtatib qoldi. Faqat 65-daqiqada Şerkining rabona uslubidagi uzatmasidan keyin Foden boş bilan aniq zarba yöllab, öyindagi intrigaga barham berdi.
Bu ğalabadan keyin «Mançester Siti» turnir jadvalida «Aston Villa»ni quvib ötib, ikkinçi öringa kötarildi va «Arsenal» bilan oradagi farqni ikki oçkogaça qisqartirdi. APLda çempionlik poygasida intriga qizimoqda.
Çempionlik poygasidagi yana bir jamoa «Çelsi» esa «Arsenal»ning qoqilişidan foydalana olmadi. Enso Mareska şogirdlari «Bornmut» maydonida golsiz durang qayd etişdi va endi yakşanba kuni «Kristal Pelas» «Fulhem»ni mağlub etadigan bölsa, tur yakunlariga köra kuçli törtlikdan çiqib ketişi ham mumkin.
Nyukasldagi öyinda hisobni oçgan Brunu Gimaraesning goli nafaqat turning, balki mavsumning eng çiroyli goli bölişga da’vogarlik qiladi. U korner ijro etişda töpni aylantirib, darvozaning olis burçagiga joyladi. Bu APL tarixidagi yigirmançi şunday gol urilişi böldi, «qarğalar» uçun esa birinçisi. Birinçi bölim oxirida «Byornli» bir kişi ozçilik bölib qoldi va amalda öyin taqdiri hal böldi, Pires qizil kartoçka olişdan taşqari, jamoasi darvozasiga penalti qöyilişiga sababçi böldi. Nuqtaga yaqinlaşgan Gordon aniq zarba berdi. Ikkinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda Flemming 11 metrdan urgan gol esa amalda heç narsani özgartira olmadi.
«Tottenhem» nihoyat çempionatda ilk bor uy öyinida ğalaba qozonib, muxlislarini xursand qildi, «şporlar»ning birinçi bölimdagi asosiy dvigateli Simons böldi. Niderlandiyalik yarimhimoyaçi avvaliga hisobni oçgan Rişarlisonga assistentlik qildi, keyin esa özi himoyaçilardan qoçib ketib, APLdagi ilk golini urdi. Agar hafta örtasida Nyukaslda qayd etilgan irodali durang hisobga olinsa, aytiş mumkinki, Tomas Frank şogirdlari inqirozdan çiqmoqda. Bu savolga aniq javobni yaqin turlarda bilib oliş mumkin, hozirça esa londonliklar, xuddi «Nyukasl» kabi top-4 dan uç oçkolik masofada bormoqda.
Saloh qatorasiga uçinçi bor zaxira örindiğida qoldirildi. Arne Slot yana şunday yurişga qöl urdi va translatsiya rejissyori «Liverpul» yana birinçi bölimda gol ura olmaganidan keyin misrlik hujumçini yirik planda namoyiş etdi. Ammo ikkinçi bölim mehmonlarning gollari bilan boşlandi, Ekitike «Lids» himoyaçilarining qöpol xatosidan foydalanib ketdi. Birinçi holatda fransuz hujumçisi raqib himoyaçisining xato pasidan keyin töpga ega çiqib, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda hisobni oçdi. Ikkinçi holatda qanotda töpni olib qöygan Bredlining uzatmasiga barçadan birinçi yetib bordi.
Ikki daqiqa – ikki gol. Mezbonlar bunday zarbadan öziga kela olmaydigandek köringandi, ammo Daniel Farke öz şogirdlarini favoritlardan qörqmasdan öynaşga örgatgani yana bir bor öz isbotini topdi. Uşbu jamoa ötgan haftada «Mançaster Siti» bilan tengma-teng öyin körsatgan, hafta örtasida «Çelsi»ni mağlub etgandi va şanba kuni ham iroda körsata oldi. Bu köp jihatdan Konatening aybi bilan sodir böldi, fransiyalik himoyaçi keraksiz vaziyatda Niontoga fol işlatdi va VAR tekşiruvidan keyin mehmonlar darvozasiga penalti belgilandi.
Keyin esa uşbu himoyaçi hisobni tenglaştirgan Ştahni qarşi olişga bormadi. Va bu hali hammasi emasdi. «Liverpul» ikkinçi golni ötkazib yuborganidan keyin töliq kuç bilan hujumga ötdi va Soboslai mehmonlarga hisobdagi ustunlikni qaytardi.
Ammo mersisaydliklar qöşimça daqiqalarda ğalabani saqlab qola olişmadi, ötgan turda «Çelsi» darvozasini işğol etgan Tanaka, bu safar «Liverpul» muxlislarini ranjitib, 90+6-daqiqada hisobni tenglaştirdi. Mavsum debyutantlariga qarşi qatorasiga ikki öyinda oçko yöqotgan «Liverpul» 8-örinda qolmoqda.
«Barselona» yana tezkor gol ötkazib yubordi. Bu golli kombinatsiyani kataloniyaliklar tarbiyalanuvçisi Azzalzuliy boşlab berdi, Antoni esa himoyaçilarning sun’iy ofsayd hosil qilişdagi xatosidan foydalanib, hisobni oçdi. Lekin Hansi Flik şogirdlari nafaqat darhol hisobni tenglaştirişdi, balki ikki daqiqadagi ikki gol bilan hisobda oldinga ham çiqib olişdi. Asosiy tarkibdan Levandovskini siqib çiqargan Ferran Torres Kunde va Barjining uzatmalarini golga aylantirdi.
«Barsa» bu bilan töxtaş haqida öylamadi va bölim örtalaridan ötganda Barji kök-anorranglilar safidagi ilk golini urdi. Şvetsiyalik futbolçi Pedridan töpni qabul qilib olib, yaqin burçakni aniq nişonga oldi. Şu yozda «Kopenhagen»dan olib kelgan vinger gol va pas bilan öyinning eng yaxşi futbolçisi bölişi mumkin edi. Ammo bu maqomni undan bölim oxirida het-trik qayd etgan Ferran qaytarib oldi. «Betis» uning uçun La Ligadagi eng sevimli raqibga aylandi (7+2), u öz faoliyatidagi ikki het-trikni ham uşbu jamoaga qarşi safar öyinlarida nişonlagan. Ikkinçi bölimda Yamal penaltidan hisobni öta yirik körinişga keltirdi, öyin oxirida Liorente va Ernandes urgan javob gollari esa amalda heç narsani özgartirmadi. Endi Flik şogirdlari yana turnir jadvalida «Real» bilan oradagi farqni törttaga oşirdi, lekin madridliklar tur doirasidagi öyinni bugun «Selta»ga qarşi ötkazadi.
Kunning oxirgi öyinini Berengerning goli bezab berdi, u jarima maydoni taşqarisida turib, Niko Uilyamsning uzatmasiga bir teginişda darvozani işğol etdi. Hafta örtasida «Real»ga yirik hisobda yutqazgan basklar nihoyat «San-Mames»da bayram qilişdi. «Atletiko»ga qarşi öyindagi ğalaba jamoa uçun juda muhim edi, çunki bu öyinda ham muvaffaqiyatsizlikka uçralsa, jamoa yevrokuboklar uçun kuraşda ança ortda qolib ketişi mumkin edi. «Atletiko» uçun esa vaziyat nisbatan yaxşi – beşinçi örinda kelayotgan «Betis» bilan oradagi yetti oçkolik farq saqlanib qolgan.