Nemis avtomobil sanoati 2026 yilda yengil avtomobillar bozorida faqat kiçik ösiş bölişini kutmoqda. VDA — Germaniya avtomobil sanoati uyuşmasi prognoziga köra, kelasi yilda yangi yengil avtomobillar röyxatdan ötkazilişi soni ikki foizga oşib, 2,90 million maşinaga yetadi. Bu 2019 yildagi pandemiyagaça bölgan darajadan 20 foizga kam, deyiladi Rheinische Post gazetasi saytida 7 dekabr, yakşanba kuni keçqurun e’lon qilingan ma’lumotda.

Elektromobillar bozorida esa boşqaça tendensiya kutilmoqda. Mutaxassislar 17 foizlik ösişga umid qilmoqda — bu deyarli bir millionga (aniqroği, 979 mingta) yangi elektr avtomobil röyxatdan ötkazilişiga töğri keladi. Biroq bunda şart sifatida Germaniya hukumati tomonidan elektromobil xaridi uçun yangi subsidiyalar joriy etilişi körsatilmoqda.

VDA yengil avtomobillar bozori rivojining sustligiga asosiy sabab sifatida Germaniya iqtisodiyotining umumiy holatini körsatadi. Uyuşma prognoziga köra, xalqaro avtomobil bozorida ham dinamika katta bölmaydi. Yevropada 2 foiz (13,4 million avtomobilgaça), Xitoyda 1 foiz (24,5 million avtomobilgaça) ösiş kutilmoqda. AQŞda esa, aksinça, 4 foizlik pasayiş prognoz qilingan.

«Köproq proteksionizm va u bilan boğliq xarajatlar oşişi — 2026 yilda bu izsiz ötmaydi. Korxonalar buni yaqqol his qiladi», — dedi VDA rahbari Xildegard Myuller.

VDA baholaşiça, Germaniyada avtomobil işlab çiqariş kelasi yilda 1 foizga kamayadi. Bundan istisno faqat elektromobillar böladi — ular işlab çiqariş hajmi joriy yilga nisbatan 5 foizga, ya’ni 1,76 million avtomobilgaça oşişi kutilyapti.

Germaniya avtomobil sanoatidagi inqiroz bir qator omillar bilan boğliq. Ularning orasida: AQŞ bojxona tölovlari, Xitoy bozoridagi qiyinçiliklar, elektr energiyasiga yuqori xarajatlar va iqlimga zarar yetkazmaydigan işlab çiqarişni ta’minlaş böyiça çora-tadbirlar, şuningdek Yevropada iste’molçilar tomonidan talab past ekani. Şu fonda avtosanoat vakillari Berlin va Bryusselni 2035 yilga qadar içki yonuv dvigatelli avtomobillar işlab çiqarişdan töliq voz keçiş böyiça talablarni yumşatişga çaqirmoqda.