AQŞning yangi milliy xavfsizlik strategiyasi şuni körsatadiki, Qöşma Ştatlar Yevropadan yuz ögirmoqda, deb hisoblamoqda ba’zi nemis siyosatçilari. Ularning bu boradagi fikrlarini GFR OAV yakşanba, 7 dekabr kuni çop etdi.

«Ikkinçi jahon uruşi tugaganidan beri ilk bor şunday holat kuzatilyaptiki, AQŞ endi yevropaliklar tomonida emas, — dedi, xususan, hukmron Xristian-demokratik ittifoq (XDI) partiyasining xalqaro siyosat böyiça mutaxassisi, Bundestagdagi XDI/XSI fraksiyasi rahbarining örinbosari Norbert Ryottgen Redaktionsnetzwerk Deutschland mediaguruhi naşrlariga bergan intervyusida. — Ular endi Ukraina tomonida ham emas — aynan şu mamlakatga xalqaro huquqqa mutlaqo zid ravişda, yöq qilişga qaratilgan şafqatsiz uruş olib borilyapti».

Ryottgenga köra, yangi milliy xavfsizlik strategiyasi «AQŞ öz taşqi siyosiy maqsadi sifatida Yevropadagi mamlakatlar içki işlariga aralaşişni belgilayotganini» körsatadi. Bu aralaşuv esa uşbu mamlakatlarning içki tuzumini MAGA (“Make America Great Again” — “Amerikani yana buyuk qiliş”) harakatining ideologik tasavvurlariga mos ravişda özgartirişga qaratilgan.

Bu maqsadga erişiş uçun hozirgi AQŞ hokimiyati Yevropada liberal demokratiyaning «içki duşmanlari» bilan hamkorlik qilyapti, deb hisoblaydi u. Germaniya misolida bu – GuM (AfD) partiyasi. Agar AQŞning bu strategiyasi muvaffaqiyat qozonsa, «Yevroittifoq endi mavjud bölmaydi», deb işonadi Ryottgen.

Bundan oldin «Ittifoq-90/«Yaşillar» partiyasi hamraislaridan biri Fransiska Brantner Funke mediaguruhi naşrlari, jumladan Berliner Morgenpost gazetasiga bergan intervyusida, AQŞning yangi milliy xavfsizlik strategiyasi munosabati bilan «Yevropaning hozir öz kelajagini mustaqil ravişda yaratiş imkoniyati bor», deya ta’kidladi. «Bu imkoniyatni qöldan çiqarmasligimiz kerak», — deb ogohlantirdi u.

Şu bilan birga, Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful uşbu hujjatda söz erkinligi mavzusida aytilgan tanqidlarga şarh berar ekan, «bu yerda (Yevropaga – tahr.) kimdir bizga maslahat berişi kerak, deb öylamayman», dedi.

AQŞning yangi milliy xavfsizlik strategiyasi 5 dekabr kuni Oq uy saytida e’lon qilindi. Hujjatda Yevropadagi vaziyat keskin tanqid qilinadi. AQŞ hukumati bahosiça, Yevropa uçun jiddiy muammolar qatoriga migratsiya siyosati, «fikrni erkin ifoda etişga nisbatan senzura va siyosiy muxolifatni bostiriş, tuğiliş darajasining keskin pasayişi, şuningdek milliylik va öziga işonçni yöqotiş» kiradi.