Prezident Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston energetika vaziri Taalaybek Ibrayevni qabul qildi. Bu haqda Qirğiziston Energetika vazirligiga tayanib 24.kg xabar berdi.

Qayd qilinişiça, Özbekiston yetakçisi suv energetikasi sohasidagi hamkorlikni çuqurlaştiriş hamda mintaqaviy ahamiyatga molik qöşma loyihalarni, eng avvalo, «Qambar Ota-1» GES quriş loyihasini samarali ilgari suriş muhim ekanini ta’kidlagan.

«Mintaqaning gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalaniş va birgalikda boşqariş maqsadida kelgusi yilda Qirğiziston va Qozoğiston bilan birgalikda «Qambar Ota-1» gidroelektr stansiyasini quriş loyihasini moliyalaştirişni boşlaymiz», deb Şavkat Mirziyoyev sözlarini keltirdi naşr.

Eslatib ötamiz, Qirğizistondagi «Qambar Ota-1» GES qurilişi qiymati 4,2 milliard dollarga baholanmoqda, xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyalaştirişning umumiy portfeli esa 5,6 milliard dollarga yetgan.

Tomonlarning iştirok etiş uluşi quyidagiça taqsimlangan: Qirğiziston - 34 foiz, Özbekiston va Qozoğiston - 33 foizdan. Har bir mamlakat elektr energiyasini öz uluşiga mutanosib ravişda olişi mumkin böladi, bunda bozor şaroitlari va ehtiyojlarga qarab tuzatişlar kiritilişi mumkin.