Suriyada hokimiyat almaşganiga bir yil bölarkan, mamlakatda qanday real özgarişlar röy bergani va kelajakdan nimalar kutilayotgani muhokamalar markazida bölişi tabiiy. Damaşq diplomatik faollikni davom ettiryapti, boşqa tomondan esa içki barqarorlik hamon zaif holatda. Mavzu yuzasidan Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar Bektoş Berdiyev va Hamza Boltayev söz yuritdi.
— Suriyada hokimiyat özgarganiga bir yil böldi. Nimalar özgardi va qanday kutilmalar bor?
Bektoş Berdiyev: Bir yil içida tub iqtisodiy burilişlar qiliş deyarli imkonsiz. Şunga qaramay, Suriyada ijobiy özgarişlarning dastlabki belgilari körina boşladi. Xususan, mamlakatni tiklaşga sarmoya kiritiş böyiça donor davlatlarning faolligi ortmoqda. Qatar, Saudiya Arabistoni kabi Yaqin Şarq mamlakatlari, şuningdek AQŞ va Yevropa davlatlari Suriyani qayta tiklaşda iştirok etişga tayyorligini bildirmoqda.
Eng muhim yutuqlardan biri – sanksiyalarning bosqiçma-bosqiç bekor qilinayotganidir. Ilgari Başar Asad hokimiyatiga nisbatan joriy etilgan iqtisodiy, siyosiy va moliyaviy çeklovlar Ahmad aş-Şar’a davrining bir yilida sezilarli darajada yumşatildi. Bu esa Suriyaning tiklanişi uçun real imkoniyatlar yaratmoqda.
Taşqi siyosatda ham muhim siljişlar bor. Suriya mintaqaviy maydonda yana jozibadorlik kasb eta boşladi. Prezident aş-Şar’a Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi, Qatar amiri, Turkiya prezidenti va boşqa mintaqaviy yetakçilar bilan uçraşuvlar ötkazdi. Şuningdek, Islom hamkorlik taşkiloti va Arab davlatlari ligasi doirasida diplomatik faollik kuçaydi. Eng e’tiborli voqealardan biri – aş-Şar’aning AQŞga taşrifi va Donald Tramp bilan uçraşuvidir. Bu voqea Suriya masalasiga nisbatan xalqaro munosabatlar yumşayotganini körsatdi. Bundan taşqari, Damaşqning Yevropa bilan ikki tomonlama aloqalari ham tiklanyapti. Biroq Isroil bilan munosabatlar hozirça keskinligiça qolmoqda. Isroil Suriyaning içki hududlariga zarbalar berişda davom etmoqda. Jölan tepaliklaridagi strategik hududlar Isroil nazorati ostiga ötgani Damaşq uçun jiddiy xavf tuğdirmoqda. Ğarb davlatlarining bu boradagi reaksiyasi esa hozirça sust.
Içki siyosatda ham vaziyat murakkab. Suriya tarixan boşqaruvi qiyin bölgan köp millatli va köp konfessiyali davlat hisoblanadi. Arablar, kurdlar, alaviylar, druzlar, şialar, sunniylar, armanlar, xristianlar va boşqa guruhlar örtasidagi ziddiyatlar hali ham saqlanib qolmoqda. Şunga qaramay, aş-Şar’a parlament va hukumatni şakllantirişga erişa oldi. Hukumat tarkibiga turli millat va konfessiya vakillari, şuningdek ayollar ham jalb qilindi. Bu içki muvozanatni saqlaşga qaratilgan muhim siyosiy qadam böldi.











