Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marhamat tumaniga yangi hokim tayinlandi
Tumanga so‘nggi bir yil davomida rahbarlik qilib kelgan Ergashbek Abdujalilov o‘rnini Ilyosbek Umrzoqov egalladi.
Foto: Andijon viloyat hokimligi
Ilyosbek O‘rinboy o‘g‘li Umrzoqov Marhamat tumani hokimi etib tayinlandi.
Ilyosbek Umrzoqov 1988 yilda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan.
U 2011 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali (kunduzgi), 2022 yilda Toshkent moliya institutini (sirtqi) tamomlagan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Andijon viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari sifatida faoliyat olib borgan.
Bu Marhamat tumanida so‘nggi ikki yil ichida uchinchi bor hokim o‘zgarishidir. 2024 yil mayida tumanga O‘tkirbek Ma’murov (undan oldin Buloqboshi tumaniga 7 yil hokimlik qilgan) hokim etib tayinlangandi. 2025 yil boshida esa tumanga Oltinko‘l tumani sobiq hokimi Ergashbek Abdujalilov yangi rahbar etib tayinlangandi.
Biroz oldinroq Marhamat tumani hokimi o‘rinbosari savdo do‘konlari qurish uchun yer maydoni ajratib, hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 15 ming dollar talab qilib, pulni olayotgan paytda qo‘lga olingandi.